Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Farzandingiz Kompyuterdan foydalanishda ko‘zida muammolar paydo bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak?
Farzandingiz Kompyuterdan foydalanishda ko‘zida muammolar paydo bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak?

Farzandingiz Kompyuterdan foydalanishda ko‘zida muammolar paydo bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak?

Farzandingiz Kompyuterdan foydalanishda ko‘zida muammolar paydo bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak?
Bugungi kunda bolalar zamonaviy texnologiyalarga bog‘lanib qolmoqda. Maktab o‘quvchilari va hatto bog‘cha yoshidagi bolalar ham kompyuter qarshisida yoki qo‘llarida smartfon bilan uzoq vaqtlarini o‘tkazishadi. Aksariyat ota-onalar bu holatga ko‘z yumishmoqda, lekin shuni tan olish kerakki, kompyuter va smartfonlar bolalarning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hi-News nashri shu haqida ma’lumot berdi.
Yaxshi yangiliklar: yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar maktabga kompyuter yordamida tayyorlanuvchi bolalar haqiqatdan ham darslarda yaxshi natijalar ko‘rsatishini tasdiqlagan.
Qishloq joylarida Head Start dasturi (AQShda kam daromadli oilalar farzandlarining to‘laqonli rivoji uchun davlat tomonidan taqdim etiluvchi bepul dastur) bo‘yicha tahsil oluvchi 122 nafar bog‘cha yoshidagi bola ishtirok etgan tadqiqotda tajriba guruhidagi bolalarga 15-20 daqiqa davomida kompyuterda rivojlantiruvchi ta’lim dasturlari bilan ishlash imkoni berilgan. Nazorat guruhidagi (kompyutersiz) bolalar esa Head Start'ning standart dasturi bo‘yicha o‘qishgan.
O‘quvchilar tadqiqot boshlanishida va 6 oydan keyin standart 4 test sinovidan o‘tishgan. Bu ularning maktabga tayyorgarligiga baho berishga imkon bergan.
Tadqiqot yakunlariga ko‘ra, kompyuter bilan ishlagan bolalar maktabga tayyorgarlik bo‘yicha yaxshiroq natija ko‘rsatishgan. Ularning aqlan rivojlanishi kompyuter bilan ishlamagan bolalarga qaraganda ancha yaxshi kechgan. Nafaqat maktabda, balki uyda ham kompyuetrdan foydalanuvchi bolalar esa undan-da yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etishgan.
Hamma narsa me’yorida bo‘lgani ma’qul, albatta. Kompyuter qarshisida ko‘p vaqtini o‘tkazuvchi kattalar kabi bolalar ham bir qator kasalliklarga chalinishi mumkin. Bunga ularning bir holatda uzoq o‘tirishi sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, ularning ko‘rish qobiliyatida ham kamchiliklar yuzaga kelishi aniq.
Yana bir muammoga e’tiborni qaratsak - kompyuter, elektron kitoblar va smartfonlarga haddan tashqari ko‘p vaqt ajratish. Barcha raqamli qurilmalar o‘zidan muayyan darajada ko‘k rangni taratadi. Bu kelajakda jiddiy ko‘z kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Olimlar va tibbiyot xodimlari elektron qurilmalarning bolalarga zararidan xavotirdalar. Ular ushbu muammo echimini topishning samarali usullarini topishga harakat qilishmoqda.
Shu bois tibbiyot xodimlari bolalar bilan shu mavzuda suhbatlar o‘tkazish va ularga kompyuter qarshisida qancha vaqt o‘tkazish kerakligini belgilab berishni tavsiya qilishadi.
Bolalarning ko‘rish qobiliyatiga kompyuterning salbiy ta’sirini qanday kamaytirish mumkin?
Bosh orqa yoki oldi tomonga burilmasligi kerak, kompyuter ekrani esa ko‘zdan taxminan 15 daraja pastda joylashishi kerak. Elkalarni tik tutish lozim. Bola klaviatura tomonga egilmasligi kerak. Qo‘llar elka kengligida, oyoqlar polda, tizzalar esa taxminan 90 darajaga bukilgan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Ko‘plab ekspertlar har 20-30 daqiqada kompyuterdan dam olishni tavsiya qilishadi. Tanaffus paytida o‘rindan turib, jismoniy mashqlarni bajarish foydadan xoli bo‘lmaydi. Ko‘k rangning ziyonini kamaytirishning eng yaxshi usuli – maxsus, ko‘k rangdagi nurlarni bloklovchi linzalardan foydalanish.
Ko‘zoynak ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bir qator kompaniyalar aynan mana shunday linzalarni taqdim etishmoqda. Ular bilan kun bo‘yi yursangiz ham bo‘laveradi. Shunday ekan, ko‘zoynak sotuvchi optik salonlardan ko‘k rang ta’sirini kamaytiruvchi linzalarni xarid qiling.
Bolalikda miopiya kasalligining rivojlanishida irsiyat katta rol o‘ynaydi, albatta. Biroq tadqiqotlar kompyuterning ko‘zga ta’siri tufayli ham ko‘rish qobiliyatida bir qator kamchiliklar yuzaga kelishini ko‘rsatmoqda.
Ekspertlarning fikricha, kitob yoki jurnal mutolaa qilishdan ko‘ra kompyuter ekraniga tikilib o‘tirish ko‘proq ko‘zning charchashiga olib kelar ekan.
Kompyuterning ko‘zga bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytirish uchun shifokorlar tez-tez chalg‘ib turishni tavsiya qilishadi. Buning uchun ular “20-20-10 qoidasi”ni o‘ylab topishgan: har 20 daqiqada farzandingiz kompyuterdan ko‘zini olib, hech bo‘lmaganda 10 soniyaga uzoqda joylashgan biror ob’ektga qarashi lozim, masalan, derazaga qarashi mumkin.
Bunday oddiy mashq ko‘z fokusiga javobgar mushaklarni bo‘shashtiradi va bu ularning charchashi, oxir-oqibat miopiyaning oldini oladi.
Kompyuterlar san’at, kitoblar, musiqa, ochiq havoda o‘ynash va boshqa bolalar bilan muloqot qilish kabi ta’lim tadbirlarining o‘rnini bosishi emas, ularni to‘ldirishi kerak.
Ota-onalar farzandlariga kompyuterdan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatishlari kerak.
Farzandingizning kompyuterdan foydalanishini kuzating. Bu uning fikrlash qobiliyati va muammolar echimini qanday topishi haqida bilib olishingizda yordam beradi.
Imkon bo‘lsa, bolaning kompyuter qarshisida akasi yoki singillari bilan o‘tirishini qo‘llab-quvvatlang. Boshqa bolalar bilan birga kompyuterdan foydalanish navbatma-navbat harakat qilish va hamkorlik kabi muhim ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantiradi, shu bilan birga bolani gapirish va eshitishga o‘rgatadi.
Farzandingizni kompyuter qarshisiga o‘tirishiga ruxsat berishdan avval uni ko‘z shifokoriga ko‘rsatsangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi.
Farzandingizning ko‘zida qandaydir muammo paydo bo‘lganini ilg‘ashingiz bilanoq mutaxassisga murojaat qiling. Qanday belgilarga diqqatni qaratish lozim? Masalan, bola ko‘zlarini qisishni va pirpiratishni boshlasa, ularni hadeb ishqalayversa yoki uning o‘zi ko‘zdagi muammolardan shikoyat qilsa, bu shifokorga murojaat qilish uchun etarlicha asos bo‘ladi. Darvoqe, agar bola kompyuetrda ishlashdan qochsa, bu ham ko‘zdagi muammolarga ishora qilishi mumkin.
Bugungi kunda kompyuterlar hayotning muhim bir qismiga aylanib ulgurdi. Farzandingizni har yili munatazam tarzda ko‘z shifokori qabuliga olib borish kelajakda ko‘zdagi muammolarni barataraf etishga yordam beradi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: