Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Gavdani butunlay to‘g‘rilashning juda oddiy va samarali 7 usuli
Gavdani butunlay to‘g‘rilashning juda oddiy va samarali 7 usuli

Gavdani butunlay to‘g‘rilashning juda oddiy va samarali 7 usuli

Gavdani butunlay to‘g‘rilashning juda oddiy va samarali 7 usuli
Gavda buzilishining deyarli hammasi kam harakat yashash tarzi oqibatida yuzaga keladi. Vaqt o‘tishi bilan umurtqa qiyshayib ketadi va avvalgi xushbichim qomatni qayta tiklash juda qiyin bo‘ladi.

Quyidagi ishonchli 7 usulni sinab ko‘ring — oddiy mashqlarni har kuni bajaring va bir-ikki haftadan keyin birinchi natijalar paydo bo‘la boshlaydi.

Teskari salomlashish

Tayyor bo‘ling, birinchi martadayoq muvaffaqiyatga erisha olmasligingiz mumkin. Qo‘llaringizni orqaga qayiring va kaftlaringizni birlashtirishga harakat qiling. Qo‘llar chizig‘ini to‘g‘ri saqlang, bu muhim. Shunday holatda 10 soniyagacha ushlab turing.

Orqadagi qulf

Bu mashqni siz balki bolalikda qilgan bo‘lishingiz mumkin. Chap qo‘lingizni yuqoridan orqaga qayiring, o‘ngini esa tirsakdan bukib, pastdan orqaga o‘tkazing. Barmoqlaringizni birlashtirib mahkam qulf hosil qiling, 5 soniyadan keyin qo‘llarni almashtiring.

Stul ustida burilish

Stulga suyanmasdan to‘g‘ri o‘tiring. Qo‘llarni boshning orqasiga qo‘ying. Tanangizni yelkalar stul suyanchig‘iga ko‘ndalang holatda turadigan qilib burang. Biroz to‘xtang va teskari tomonga buriling. 10-12 marta takrorlang.

Devor yonida tik turish

Gavda uchun eng oddiy va eng samarali mashqlardan biri. Uni ayniqsa ertalab va kechqurunlari bajarish juda foydali. Devor yoniga shunday jips turingki, unga kuraklar, dumbalar va boldirlar tegib tursin. Nafasni ushlab turmang. 30 soniyadan boshlang va bir-ikki daqiqagacha turishga harakat qiling.

Dinamik planka

Yogada bu holat “kumbakasana vinyasa” deyiladi, fitnes-trenerlar esa uni oddiyroq qilib — dinamik planka deydi. Bu mashq umurtqani cho‘zishga mo‘ljallangan. Plankada turing, keyin esa asta-sekinlik bilan tosni yuqoriga ko‘taring. Qorin mushaklari har doim tarang, orqaning pastki qismi to‘g‘ri holatda bo‘ladi.

Qorin mushaklari uchun mashq

Gavdaning to‘g‘riligini nafaqat orqa mushaklar, balki qorin mushaklari ham ta’minlaydi. Qorin mushaklari uchun qilinadigan har qanday mashq foydali bo‘ladi, ularni har kuni bajarishga harakat qiling.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: