Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​GIPERg`amxo`rlik bolaga ziyon etkazadimi?
​GIPERg`amxo`rlik bolaga ziyon etkazadimi?

​GIPERg`amxo`rlik bolaga ziyon etkazadimi?

​GIPERg`amxo`rlik bolaga ziyon etkazadimi?
Bolasini «erkalatib tashlagan»lar to`g`risida, albatta, eshitgansiz, yoki aksincha, «bolaga nafas olgani bermaydi»gan tanishlaringiz ham bordir. Aslida, bu ikki bir-biriga qarashning zamirida bir narsa – giperg`amxo`rlik yotadi. U esa... ruhiy zo`ravonlikning bir ko`rinishi, deb tasniflanadi, ruhshunoslar tomonidan.

Uning ikki turi mavjud

Birinchi turida, haddan ziyod mehr ko`rsatiladi. Bunday oilada «kichkintoyi»ni xafa qilmaslik, qiynab qo`ymaslik uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Kap-katta bolani kiyintirib, qoshiqda ovqatlantirib qo`yish oddiy holat. Uning har qanday istagi so`zsiz bajariladi. Yuzaga kelishi mumkin bo`lgan har qanday qiyinchiliklar kattalar tomonidan bartaraf etiladi, hech qanday sababsiz bola rag`batlantiriladi.

Ikkinchi turida, ona – yosh «Farmonbibi» yoki ota – «Napoleon», ya`ni aytganlari aytgan, deganlari degan bo`lishini istaydiganlardan. Bolalar ular o`rnatgan qonun-qoidalarga so`zsiz rioya etishi shart! Kattalar kichkintoydan butkul itoatni va bu itotgo`ylikdan bola o`zini baxtli his qilishi kerakligini talab qiladilar.

Sabablari nimada?

Aksariyat hollarda giperg`amxo`rlik ota-onalarning komplekslari va omadsizliklari zamirida vujudga keladi. Jumladan:

- o`ziga past baho berish;

- atrofdagilar bilan chiqisha olmaslik (bunday muammoga duch keladigan ona yoki ota o`z diqqatini butkul bolaga qaratadi);

- yolg`izlikdan qo`rqi;

- qarilikdan qo`rqish;

- o`zlarining yoshlikda mehrga to`ymaganlari;

- bolaning hayotidan doimiy qo`rquv va vahima.

Agar ota-onaning birortasi g`amxo`rlikni haddan ziyod oshirib yuborayotgan bo`lsa, demak uning ruhiyatida biror salbiy o`zgarish, masalan, stress yoki depressiyada bo`lishi mumkin. (undov bilan)

Oqibatlari:

- bola mustaqil qaror chiqara olishga qodir bo`lmay o`sadi;

- ulg`aysa-da, o`zini yosh bola deb his qiladi;

- o`ziga ishonchi bo`lmaydi;

- omadsizlik, irodasizlik;

- kurashish nimaligini bilmaydi, bo`sh-bayov;

- o`ziga past baho berish;

- birovlarning fikri bilan yashash, izmiga tushib qolish;

- odamlar bilan munosabatga kirishishga qiynalish.

Eng oddiy belgilari:

- Ona doim bolasi nima kiyishi kerakligini aytadi;

- bola nimani va qanday ketma-ketlikda eyishi kerakligini hal qiladi;

- ota-ona bolani qaerga aylantirishga olib chiqishini va u erda nima bilan mashg`ul bo`lishini aniq biladilar;

- bola uy vazifalarini faqat otasi yoki onasi bilan birga bajaradi;

- ota-ona bolasi kim bilan do`stlashishi mumkin, kim bilan mumkin emasligini hal qiladilar.

Statistik ma`lumotlarga qaraganda, ota-onalarning 40 foizi farzandlariga giperg`amxurlik qilishar ekan.

Nima qilish kerak?

Agar haddan tashqari g`amxo`rlik sizga yot illat bo`lmasa, quyidagi tavsiyalarimizdan foydalanishingiz mumkin:

1. Avvalo, farzandingizni emas, unga bo`lgan munosabatingizni o`zgartiring.

2. «Kattalarni gapiga kirsangchi», «quloqsiz», «qaysar» degan gaplarni qo`llamaslikka harakat qiling.

3. Bolaning o`ziga tanlov huquqini bering. Nima eyishni, nimani kiyishni, qaysi o`yinchoqlari bilan o`ynashni, bo`sh vaqtini qanday o`tkazishni, kim bilan muloqot qilishni o`zi tanlasin.

4. Farzandingizning tanlovi va istaklarini hurmat qiling.

5. Bolaga erk bering. O`zi do`stlashsin, o`zi dars qilsin. Agar muammolarga duch kelsa, – o`zi maslahat so`raydi. Ana o`shanda ham ko`rsatma emas, maslahat bering, tavsiyangizdan foydalanish yoki foydalanmaslik ham uning ixtiyorida.

Avval farzandingiz to`satdan berilgan erkinlikka o`rganolmay, esankirab qolishi mumkin. Axir u o`zi qaror chiqarib, zimmasiga yuklangan vazifalarni mustaqil bajarishga o`rganmagan. Biroq tez orada uning qanchalar to`g`ri qarorlar chiqara olishiga va uning qanchalar mustaqil harakat qila olishiga ajablanasiz.

NAZOKAT tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: