Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Guli Asalxo`jaevadan chiroyli qomatining 8 siri
Guli Asalxo`jaevadan chiroyli qomatining 8 siri

Guli Asalxo`jaevadan chiroyli qomatining 8 siri

Guli Asalxo`jaevadan chiroyli qomatining 8 siri
Ayolning xunugi bo`lmaydi. Faqat berilgan husnni asrashga intilmaydiganlar uchrab turadi. Keling, bugun yosh va sarvqomat ko`rinish sirlari haqida gaplashamiz. «SUG`DIYONA» mushtariylari uchun esa tajribadan o`tgan, amalda sinalgan sirlarimni ochishga tayyorman.

1. Muhimi tabassum!

Doim chiroyli ko`rinishni istgan ayol ishni ichki dunyosidan boshlashi kerak. Sababi, insonning o`y-xayoli, kechinmalari, hayotga qarashlari uning chehrasida aks etadi. Shuning uchun ham ayollarimiz doim tabbasum bilan yurishlari, shirin so`zni unutmasliklari lozim. Qayotning tashvishlariga qaramay, oila a`zolari va farzandlariga mehr berishni birinchi o`ringa qo`ygan ayol yanglishmaydi, menimcha.

2. Olma eng, qarimaysiz

Shuningdek, insonning tanovul qilayotgan eguligi ham uning go`zaligiga ta`sir etadi. Yoshligimdan meva va sabzavotlarni juda yaxshi ko`raman. Ayniqsa, olmaning organizmga foydasi katta. U inson terisini taranglashtirish va yoshartirish hususiyatiga ega.

3. Kechki taomni kechiktirmaymiz!

To`g`ri ovqatlanish ham juda muhim. Shaxsan o`zim, tez-tez, ammo kam-kamdan taomlanish, ko`proq suv ichish va kechki ovqatni soat 18:00 dan kechiktirmaslik kabi muhim qoidalarga amal qilaman. Qatto, oila a`zolarimni ham shunga o`rgatganman. Bu nafaqat tashqi qiyofamizga, balki sog`ligimiz uchun ham juda foydali.

4. Plastik jarrohlikka? Qarshi emasman, biroq...

So`nggi paytlarda go`zallik haqida gap ketganda ko`pchilik plastik jarrohlik operasiyasiga to`xtalishmoqda. Bu borada o`z qarashlarimni aytib o`tsam. Aslida, Yaratagan tomonidan berilgan go`zallikka hech narsa teng emas. Ammo ma`lum sabablarga ko`ra, ayolning yuziga ziyon etganda zamonaviy imkoniyatlardan foydalanishga umuman qarshi emasman.

5. Tabiiy kremlar eng yaxshi chora

Ko`p pardoz qiladigan ayollarga alohida to`xtalib o`tmoqchiman. O`zim ham shu toifaga mansubman-da. Tasvirga olish ishlari, xizmatlarda, albatta, ko`p pardoz qilishga majbur bo`lamiz. Biroq uydaligimda yuz terisiga dam berib, uni oziqlantirishga harakat qilaman. Ishlardan bo`shaganimda, pardozni o`chirib, turli foydali o`simliklar qo`shib tayyorlangan yuz kremlariga murojaat qilaman.

6. Sport — qomat g`arovi

Qomatning chiroyli bo`lishida sog`lom turmush tarzi va sportning o`rni juda katta. To`g`ri, ko`pchilik «Ro`zg`or, bola-chaqa bilan sportga qaerdan ham vaqt topardik?» deyishlari mumkin. Biroq izlagan, albatta, imkon topishiga ishonaman. Ustiga ustak bugun deyarli har bir mavze va mahallada sport majmualari ishlab turibdi. Yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, chiroyli qomat egasi bo`lishga harakat qilish kerak.

7. Qorinni ketkazish uchun

Ayollarimiz tug`riqdan keyin yuzaga keluvchi qorin va ortiqcha vaznni yo`qotishga qiynalishlarini ko`p eshitaman. Bu borada o`zim qo`llagan usullarni o`rgatmoqchiman. Qar uchala farzandimni dunyoga keltirganimdan so`ng, o`sha kunning o`zidayoq choyshab yordamida belimni qattiq boylab olganman va eng kamida qirq kun echmaganman. Qatto, kechasi shu holatda uxlardim. Shuningdek, shifokorlar aytgan barcha tavsiyalarga amal qilganman. 3-4 oy davomida faqat qaynatilgan yoki bug`da pishirilgan toamlardan erdim.

8. 30 yoshgacha ulgurib qoling

Ayollarga aytadigan eng so`nggi maslahatim — 30 yoshgacha har birimiz o`z qaddi-qomatimizni chiroyli saqlashga ulgurib qolishimiz kerak. Chunki ana shu vaqtda tersimiz o`zimizga «quloq soladigan» bo`ladi. 30 yoshdan keyin ozish biroz qiyin. Lekin amallasa bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: