Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Haftalik bashorat: Maqsadlar amalga oshadi!

Haftalik bashorat: Maqsadlar amalga oshadi!

16—22 aprel, 2018 yil.

Hamal
Asosiy vaqtingizni oila va bolalarga ajratsangiz, bundan barcha xursand bo`ladi. Biznesda yangi bosqich boshlanadi. Natijada, mo`maygina daromadga ega bo`lishingiz mumkin. Ish bilan bo`lib sog`ligingizga e`tiborsiz qaramang.

Dam olish kunlarini sevimli mashg`ulotingizga, farzandlaringizga ajrating.

Savr
Bu hafta «savr»larning sayohatga chiqishi kutilmoqda. Bir olam taassurotlar bilan qaytasiz. Biroq ortiqcha xarajatlar qilmaganingiz ma`qul. Aks holda moddiy tomondan qiynalib qolasiz.

Hafta o`rtasida qo`shimcha daromad qilish imkoni tug`iladi. Bundan unumli foydalanib qoling. Shanba va yakshanba kunlarini oila davrasida o`tkazishingizni tavsiya etamiz.

Javzo
Moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishi mumkin. Qo`shimcha bonus yoki «syurpriz»larga ega bo`lasiz. Haftaning ikkinchi yarmida hamkorlar bilan foydali shartnoma imzolaysiz. Bu biroz murakkabdek tuyulsa-da, oson hal bo`ladi. Juma ro`zg`or uchun muhim xaridlar kuni.

Hafta so`ngida olis safarga chiqmaganingiz ma`qul. Dam olish kunlari ham jamoat tadbirlarida ishtirok etishingiz kutilmoqda.

Saraton
Har bir ishda muvaffaqiyat qozonasiz. Bunga tinib-tinchimasligingiz sabab, albatta. Rahbariyat ham sizni qo`llab-quvvatlaydi. Hafta o`rtasida ba`zi tartibsizliklar sabab, ziddiyatlarga duch kelishingiz mumkin. Hushyorroq bo`lsangiz buning oldini olasiz.

Sog`lik hammasidan muhim. Shuning uchun ish bilan birga o`z vaqtida dam olishni ham unutmang.

Asad
Bu hafta ko`pdan beri rejalashtirib qo`ygan ishlaringizni amalga oshirasiz. Natijada, mo`maygina daromadga ega bo`lishingiz kutilmoqda. Haftaning ikkinchi yarmida sinovlardan muvaffaqiyatli o`tib, g`oyalaringizni amaliyotga tadbiq etasiz. Bunda hamkasblaringiz sizni qo`llab-quvvatlaydi.

Yulduzlar salomatligingiz borasida ham jiddiy o`ylab ko`rishni tavsiya etyapti. Dam olish kunlari mehmonga borishingiz mumkin.

Sunbula
Asosan, tashkiliy ishlar bilan band bo`lasiz. Ko`proq vaqtingizni hujjatlarga ajratasiz. Ishdagi muammolarni hal etasiz. Karerada muvaffaqiyatlar kutmoqda! Faqat shoshib, qaror qabul qilmang. Do`stlaringiz ham yutuqlaringizdan xursand bo`lishadi.

Haftaning ikkinchi yarmida ijodiy safarga chiqasiz. Dam olish kunlarini oila davrasida o`tkazganingiz ma`qul.

Mezon
Hamkorlar bilan muhim masalalarni hal etasiz. Bunda ba`zi muammolarga duch kelishingiz mumkin. Xavotir olmang, ularni bartaraf etishda ortiqcha qiyinchilik bo`lmaydi. Kutilmaganda ishingizda yangi o`zgarishlar bo`lishi ehtimoli bor.

Bo`ydoq «mezon»lar muhabbatini uchratib, bundan boshlari ko`kka etadi. Hafta oxirida oilaviy muammolaringizga echim topasiz.

Aqrab
Maqsadga erishish uchun tinimsiz mehnat qilishingizga to`g`ri keladi. Muammolardan cho`chimang. Aql bilan ish tutsangiz barchasini engib o`tasiz. Buning uchun sizda iste`dod ham, iqtidor ham etarli.

Ish bilan bo`lib shaxsiy hayotni ham unutib qo`ymang. Chunki oila ishdan ko`ra muhim. Farzandlaringizga ko`pdan beri va`da qilgan sovg`alarni taqdim etasiz. Kutilmagan «syurpriz»lardan xursand bo`lishadi.

Qavs
Hafta boshida biznes hamkorlardan ko`plab foydali takliflar tushadi. Natijada, ko`pdan beri rejalashtirgan maqsadingizga erishasiz. Faqat shoshilmay, vaqtingizni to`g`ri taqsimlasangiz barcha yumushlarni amalga oshirasiz.

Juma kuni ajoyib xaridlar qilasiz. Bundan oila a`zolaringiz xursand bo`lishadi. Dam olish kunlari ko`pdan beri ko`rishmagan do`stlaringiz tashrifidan xursand bo`lishingiz kutilyapti.

Jadiy
Bu hafta hissiyotlarga berilmay, ishingizga mas`uliyat bilan yondashing. Shunda hamkasblaringizning sizga bo`lgan ishonchi ortadi.

Haftaning ikkinchi yarmi sayohat uchun qulay fursatdir. Bundan unumli foydalaning. Shanba va yakshanbada yaqinlaringizni yo`qlang. Balki biror yordamingiz kerakdir.

Dalv
O`zingizga ishoning. Hech ikkilanmay dadil qadam tashlang. Ana shunda barcha maqsadlaringiz amalga oshadi. Aks holda, hamma narsadan quruq qolishingiz mumkin. Ishbilarmon hamkorlar bilan bitim tuzishda hech ikkilanmang. Ular sizning g`oyalaringizga xayrixohlik bildirishadi.

Salomatligingiz bezovta qilsa, albatta, shifokorga murojaat eting.

Hut
Hafta boshida ko`plab muhim uchrashuvlarda ishtirok etasiz. Bu kelajakda, albatta, ijobiy samara beradi. Natijada, moliyaviy holatingiz ham yaxshilanadi. Ko`pdan beri echimini kutayotgan muammolarni hal etasiz. Faqat hushyorlikni unutib qo`ymasangiz bo`lgani.

Haftaning ikkinchi yarmida biroz ziddiyatlarga duch kelishingiz mumkin. Ularni hal etishda yaqinlaringizdan maslahat so`rang.
Manba: Darakchi.uz



«Haftalik bashorat: Maqsadlar amalga oshadi!»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]