Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Hamyoningizni yo'qotib qo'ydingiz, ammo topilmadi...

Hamyoningizni yo'qotib qo'ydingiz, ammo topilmadi...

Ba`zida uy-ro`zg`or yumushlari va turmushning shirin tashvishi bilan ovora bo`lib, biror buyumni qaerga qo`yganingizni unutib qo`yasiz, shundaymi? Goho yo`qotilgan narsa haqida o`ylab, qo`rquv, g`azab, ishonchsizlik bilan izingizdan qayta-qayta ortga yurib, har bir harakatni eslashga urinasiz. «Afrosiyob» psixologik yordam markazi rahbari, psixoterapevt-ruhshunos Zebuniso Ahmedova taklif qilayotgan test ruhiyatingiz va kayfiyatingiz bilan bog`liq ushbu holatni aniqlashda yordam beradi.

Kunlarning birida...

Oxirgi marta nimani, qaerda yo`qotganingizni eslab ko`ring. Polning tirqishlarini, axlat qutisini ag`darib, hatto kiyim cho`ntaklarigacha birma – bir tekshirdingiz, ammo topilmadi... Xo`sh, keyin nima bo`ldi? «Mayli, topilar, balki ko`rmay qolgandirman», deb o`zingizni yupatdingizmi? O`sha siz izlayotgan narsa – buyumni «yo`qotdim» deb o`ylab, qidirmay qo`yganingizda birdaniga u topilib qoladi.

Ana endi ko`chadagi holat. Yo`lda ketayotib, nogahon kimningdir tushirib qoldirgan hamyoni, sumkasi, hujjati yoki biror buyumni topib olishingiz mumkin. Misol uchun, kimgadir tegishli hamyonni topdingiz. U kimga tegishli ekanini bilgingiz kelib atrofga boqasiz, ammo hech kimni ko`rmaysiz. Shunda hamyon ichidan bir qancha pul to`kilib ketadi. Bu vaziyatdagi holatingizni tasvirlab bering.

1. «Qanday baxtli kun, mazza bo`ldi-ku!»

2. «Qiziq bo`ldi-ya, endi nima qilaman?»

3. «Yaxshilab o`ylab ko`rishim kerak...»

4. «Allohning xohishi shu bo`ldi, shekilli...»

O`ylang/o`ylamang

Ana endi hamyon topib olingan holatdagi vaziyatingizni tahlil qilamiz. Ushbu hodisa yoqtirgan insoningiz sizni uchrashuvga taklif etgan vaziyatdagi munosabatingizga juda o`xshash. Izohi esa quyidagicha:

«Qanday baxtli kun, mazza bo`ldi-ku!»
«Qiziq bo`ldi-ku, endi nima qilaman?»

Omadni bolalarcha xursandchilik bilan qabul qiladigan insonsiz. Doim pozitiv fikrlaysiz. Hamma ham siz kabi sevinishni bilganida edi, olam yanada chiroyli bo`lardi.

Kutilmaganda yuz bergan voqeaga nisbatan juda ham bosiq munosabatda bo`lish holati bu. Qanday qaror qabul qilish esa o`zingizga bog`liq. Shoshilmang va chuqur o`ylab ko`ring. Faqat cho`zmang, kimdir sizning omadingizni ilib ketishi mumkin.

3.«Yaxshilab o`ylab ko`rmog`im kerak...»

Muhim qaror qabul qilishga shoshilmang. Tiniqib uxlab olinganda miya yaxshi ishlaydi. Katta yo`ldan o`tayotganda, albatta, o`ngga va chapga qaraysiz, shundaymi? Bu ishingiz to`g`ri. Ammo ba`zan ichki sezgiga quloq solib, tavakkal qilish kerak. Misol uchun, biror muammoni hal etishda uzoq o`ylanish shart emas. Ba`zan tavakkal omad keltiradi.

«Allohning xohishi shu bo`ldi shekilli...»

Bunday fikrdagi insonlar hamma narsani yuksak kuchga bog`lashadi. Ular uchrashuvni bir sinov, deb qabul qilishadi.
Manba: Darakchi.uz



«Hamyoningizni yo'qotib qo'ydingiz, ammo topilmadi...»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]