Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Hayz Haqida Yana Qo'shimcha Ma'lumot....
Hayz Haqida Yana Qo'shimcha Ma'lumot....

Hayz Haqida Yana Qo'shimcha Ma'lumot....

Hayz Haqida Yana Qo'shimcha Ma'lumot....

Hayz (oy ko'rish) deb, ayollarning
bachadonidan vaqt-vaqti bilan
muntazam ravishda qon kelishiga
aytiladi. Hayz balog'atga yetish
jarayonining dastlabki oylarida
12-15 yoshlar orasida kuzatiladi.
Qizlar 16-17 yoshda to'liq
balog'at yoshiga yetadilar. Hayzda
qon ketishi ma'lum bir muddat
-3-6 kun davom etadi. Hayz
ayolning bola tug'adigan yoshi
davomida qaytarilib, faqat
homiladorlik va ko'pincha bola
emizish davrida kuzatilmaydi.
Hayz klimaks davrida (45-55
yoshda) to'xtaydi. Har gal hayz
ko'rganda ayol 50-150 ml gacha
qon yo'qotadi. Hayz qoni ishqoriy
reaksiyali, qo'ng'irrangda, shilliq
aralash bo'lib, unda ivish jarayoni
kam bo'ladi.voydodshou.net saytidan olingan. Qiz bola birinchi marta hayz
ko'rganda lining organizmida bir
qator o'zgarishlar sodir bo'ladi.
Tana shakli birmuncha o'zgaradi,
ayollarga xos ikkilamchi jinsiy
belgilar paydo bo'ladi, ko'krak
bezlari kattalashadi, qov ustida
junlar paydo bo'ladi, tashqi va
ichki jinsiy a'zolar to'liq yetiladi.
Hayz sikli hayz ko'rishning
birinchi kunidan to kelgusi
hayzning birinchi kunigacha
hisob qilinadi.
Ko'pincha hayz sikli 28 kun,
kamdan kam ayollarda 21 yoki
30-32 kun davom etadi. Hayz sikli
mobaynida ayollar organizimda
turli o'zgarishlar kuzatiladi.
Hayz sikli fiziologik jarayon bo'lib,
bu sikl oxirgi hayzning birinchi
kunidan to keyingi hayzning
boshlanish kunigachadir. Hozirgi
tushunchalarga asosan hayz sikli
kechishida 5 ta bosqich
farqlanadi: 1) bosh miya
po'stlog'i; 2) gipotalamus; 3)
gipofiz; 4) jinsiy bezlar; 5)
periferik a'zolar (bachadon,
bachadon naychalari, qin).
Birinchi oliy bosqichga bosh miya
po'stlog'i va ekstragipotalamik
serebral tuzilmalar (limbik tizim,
gippokamp, bodomsimon tana)
kiradi.
Bosh miya po'stlog'i - - hayz
siklini boshqarish va tartibga
solish vazifasini bajaradi. Bosh
miya orqali tashqaridagi
ta'sirotlar nerv tizimining
pastdagi hayz siklida ishtirok
etuvchi bo'limlarga uzatiladi.
Tajriba va klinik kuzatuvlar shuni
ko'rsatadiki, asabiy holatlarda
jinsiy a'zolar tizimlarida bir qator
o'zgarishlar bo'lib, hayz siklining
holati va tartibi izdan chiqadi.
Ammo hozir ham bosh miya
po'stlog'ida yoki uning biror
qismida hayz siklini boshqaruvchi
markaz aniqlanmagan.
Ikkinchi bosqich gipotalamus,
oraliq miyaning bo'limi bo'lib, bir
qator o'tkazuvchi nerv tolalari
(aksonlar) tufayli bosh miyaning
turli bo'limlari bilan bog'liq
bo'ladi. Shunga ko'ra u markaziy
nerv tizimining hayz siklini
boshqarishda ham ishtirok etadi.
Gipotalamusda barcha periferik
gormonlar uchun, shular qatorida
tuxumdonlar uchun ham
retseptorlar bor. Demak,
gipotalamus organizmga atrof-
muhitdan uzatiladigan
impulslarning bir-biri bilan
muloqot qilishini ta'minlaydi. Shu
bilan bir qatorda, u ichki
sekretsiya bezlarining faoliyatida
ham ishtirok etadi.
Gipotalamusda stimullovchi
(liberinlar) va bloklovchi (statinlar)
gormonlar ishlab chiqariladi.
Shular qatorida folliberin va
lutiberin gipofizga ta'sir qiladigan
gonadotropinrelizing gormon
(GnRG), luteinlovchi relizing
gormon (LGRG) ishlab chiqariladi.
Gipofiz gipotalamus bilan
murakkab anatomik faoliyati
jihatidan murakkab bog'langan
bo'lib, uchinchi bosqichni tashkil
qiladi.
Gipofiz old bo'lagining faoliyati
gipotalamusdan ajraladigan
neyrogormonal sekretsiya
ta'sirida nazorat qilinadi.
Gipofizning old bo'lagi
adenogipofiz, orqa bo'lagi esa
neyrogipofiz deb yuritiladi.
Adenogipofizda asosiy 6 ta
gormon ishlab chiqiladi:
follikulaning yetilishini
ta'minlovchi follikula stimullovchi
gormon (FSG), sariq tana
taraqqiyotini ta'minlaydigan
luteinlovchi gormon (LG),
luteinotrop gormon (LTG),
somatotrop (STG), tireotrop (TTG)
va adrenokortikotrop (AKTG)
gormonlar.
Hayz siklini boshqarishning
to'rtinchi bosqichiga periferik
endokrin a'zolar kiradi
(tuxumdon, buyrakusti bezi va
qalqonsimon bez).
Tuxumdon jinsiy bez bo'lib, ikkita
asosiy vazifani bajaradi: 1)
follikulalarning siklik ravishda
taraqqiyoti ovulatsiyasi; yetilgan
tuxum hujayrasi ajraladi; 2)
tuxumdon ikki xil jinsiy gormon:
estrogen va progesteron ishlab
chiqaradi. Undan tashqari qisman
erkaklar gormoni - androgenlar
ham ishlab chiqaradi (8-rasmga
qarang).Tuxumdonda dastlab
follikula yetila boradi. Bu jarayon
FSG va LG gormonlari hamda
oksitosinning reflektor ta'siri va
follikula devoriga proteolitik
fermentlarning ta'sirida follikula
qorin bo'shlig'iga yoriladi, ya'ni
yetilgan tuxum hujayra qorin
bo'shlig'iga chiqadi^Demak,
birlamchi follikula 3 ta:
regeneratsiya, -yetilish va
ovulatsiya bosqichlarini bosib
o'tadi. Follikulaning eng yetilgan,
yorilishga tayyorlangan holati
Graaf pufakchalari deb ataladi va
shundan keyin ovulatsiya ro'y
beradi. Ovulatsiyadan keyin
yorilgan follikula o'rnida yangi
tana, ya'ni sariq tana vujudga
keladi (7-rasin). Sariq tananing
shakllanishi va taraqqiy etish
jarayonida donador hujayralar
ko'payadi va tuxumdonning
mezenxima stromasi qon
tomirlari bilan birgalikda
rivojlanadij
Sariq tana quyidagi bosqichlarni
bosib o'tadi:
1-bosqich proliferatsiya; 2-
bosqich qon-tomirlar bilan
ta'minlanish bosqichi, 3-bosqich -
gullash bosqichi, 4-bosqich sariq
tananing so'nish bosqichi.
Hayz siklida bachadon shilliq
pardasida quyidagicha
o'zgarishlar yuz beradi.
Bachadon shilliq pardasi
(endometriy) ikki: bazal
vafunksional qavatlardan iborat.
Hayz bachadon shilliq
pardasining bosqichi bilan
boshlanadi va 3-4 kun davom
etiKii~, Bu-ffpda bez yo'llaridagi
epiteliy asta-sekin halok shill'iq,
qavat qisman eriydi (autoliz),
qisman parchalaVrifr-'va yann
qisman fagositoz natijasida shilliq
qavatning qavati ko'chib tushadi.
Bazal qismi yaqinidagi bir qismi
saqlanib qoladi. Bazal qavatlari
yuzasidagi ko'chgan spongioz
qavat o'rnida qolgan yara
yuzasidan qon ketadi.
Deskvamatsiya bilan birga,
regeneratsiya boshlanadi, hayz
qoni to'xtab bachadon shilliq
pardasida qayta qurish (bitish),
ya'ni regeneratsiya jarayoni va
sikl boshlanadi.Hayz qoni tamom
bo'lganidan keyin bachadonning
yupqa bazal qavatidan shilliq
qavat tez o'sa boradi, bunda 4-5
kun davomida lining qalinligi 4
martagacha oshadi. Shilliq
qavatning faqat o'zi qalinlashib
qolmay, balki bag'rida joylashgan
bezlar ham uzunlashib
kattalashadi va burma shaklini
oladi, ammo bez epiteliysi yetarli
darajada kattalashib uzun
tortishiga qaramasdan sekret
ajratmaydi. Shunga ko'ra bez
bo'shliqlarida hali suyuqlik
bo'lmaydi. Bachadon shilliq
pardasidagi bunday o'zgarishlar
proliferatsiya bosqichi deyiladi.
Hayz siklining 13-15 kunlarida bu
fazaning yetilgan davri bo'ladi.
Shundan keyin epiteliy
hujayralarida sekretsiya
ajralishining dastlabki belgilari
kuzatiladi.
Bu faza endometriyda sekret
ajratish bosqichi deyiladi. 16-
kundan boshlab, bez epiteliysi
yadrosida bo'linish jarayoni
to'xtaydi. Hujayralar bo'yiga
uzunlashadi, ancha yiriklashadi,
suyuqlik (sekret) bilan to'lishadi.
Parmaga o'xshagan bezlar yana
ko'proq egri-bugri bo'lib qoladi.
19-20 kunlarda silindrsimon
epiteliy uzunlashib arrasimon
shaklga kiradi, bez bo'shlig'i
tomonga ko'proq o'sadi. Shilliq
qavat qalinlashgan, xuddi
homiladorlikdagi desidual
hujayralarga o'xshab ketadi.
Shilliq qavatdagi hujayralar
shishib kattalashadi. Bunda shilliq
to'qimasi 3 qavat bo'lib, kompakt,
spongioz va bazal qismlarga
bo'linadi. Sekretor fazaning
oxirini hayz ko'risholdi,
homiladorlikning boshlanisholdi
deb hisoblasa bo'ladi.
Hayz siklining birinchi yarmida
ovulyatsiyadan oldin,
proliferatsiya fazasida
tuxumdonda rivojlanayotgan
follikuladan ajralgan estrogen
gormoni asosiy vazifani bajaradi.
Bu gormon follikulning ichki
qavatidan ajraladi. Ovulatsiyadan
so'ng sariq tana gormoni
(progesteron) bachadon shilliq
pardasida sekretor suyuqlik
chiqishiga imkon beradi va
bachadon shilliq pardasini
homiladorlikka tayyorlaydi. Bunda
faqat sekretsiyaga ta'sir qilibgina
qolmasdan, balki yuzada
joylashgan bezlarda glikogen
ajralishiga ham imkon tug'iladi.
Agar ayol homilador bo'lmasa,
hayz ko'radi, bunda
bachadonning qisqarishi
kuchayadi, chunki ayol
organizmida progesteron
kamayib ketadi, esterogenlar
miqdori oshadi. Bachadonning
qisqarishi natijasida
bachadondan hayz qonining
ajralib chiqishi ta'minlanadi.
Ba'zi ayollarda hayz sikli
ovulatsiyasiz kechadi. Buni
ovulatsiyasiz sikl deyiladi.
Ovulyatsiani aniqlashda turli gine-
kologik tekshirishlardan tashqari,
bachadon shilliq qavati qirib
olinganda unda sekretsiya
chiqarish fazasi bo'lmay, faqat
proliferatsiya fazasi ko'rinsa, bu
holat ovulatsiya bo'lmaganiga
dalil bo'ladi. Sunday holatda
ayollar homilador bo'la ol-
maydilar. Bundan tashqari, bir
qator ginekologik tekshirishlar
(to'g'ri ichak harorati, bazal
haroratni o'lchash, bachadon
bo'ynidan ajralgan shilliqning
cho'ziluvchanligi, kristallga ayla-
nishi va boshqalar) yordamida
ham tuxumdon faoliyati
aniqlanadi.


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: