​Husnga qahvaning nima dahli bor?

​Husnga qahvaning nima dahli bor?

​Husnga qahvaning nima dahli bor?
Ba`zan to ertalab bir chashka achchiq qahva ichmagunimizcha, uyqusirab yurishimizni tan olmay ilojimiz yo`q. Uning birinchi ho`plamining o`ziyoq butun tanamizga xush tarovat baxsh etadi, kayfiyatimizni ko`taradi. Kosmetologlarning ta`kidlashicha bu xushbo`y qahva donachalarini qo`llashning biz bilgan va bilmagan ko`plab usullari bor ekan. Bugun ulardan ayrimlari bilan yaqindan tanishamiz.

Bilasizmi?

Sellyulitga qarshi kosmetika, teri va yuz parvarishi uchun ishlatiladigan vositalar tarkibining aksariyat qismini qahva preparatlari tashkil etadi. Ular terini yoshartirish, tonusini oshirish xususiyatiga ega. Oddiy tuyilgan qahva yoki qaynatilgan qahva quyqasi tayyorldangan niqob, skrab, losonlar har qanday qimmat kosmetik vositadan ko`ra yaxshiroq samara berishi mumkin.

Qahva yordamida ozish

Yodingizda bo`lsa, oldingi sonlarimizning birida sellyulitga qarshi vositalar, xususan o`rash (obertvanie) to`g`risida aytib o`tgan edik. Qahva bilan o`rash esa nafaqat sellyulit balki badanning muammoli joylaridagi ortiqcha vaznni ham bartaraf etar ekan.

Bir xil miqdordagi shirin qizil qalampir va achchiq chili qalampirini ezib, qahvamaydalagich yoki hovonchada tuyilgan qahva donachalari bilan 1:1 miqdorda aralashtiring. Issiq dushdan so`ng, badaningizning muammoli qismlarini (qorin, biqinlar, son) qattiq mochalka bilan yaxshilab ishqalang. So`ng, tayyorlangan qahva va qalampirli aralashmani ho`l badaningizning muammoli qismlariga surting. Polietilen bilan o`raning. Ustidan issiq ko`rpa yopinib, 15 daqiqadan so`ng, yuvib tashlang.

Ogohlantirib qo`yaylik, jarayon yoqimsiz bo`lishi mumkin (achchiq qalampir kuydiradi). Lekin bu usul qon aylanishi va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Yana qahva va qalampir lipolitik (ozdiruvchi) xususiyatga ham ega. Kurs haftaga 2 marotaba qo`llanganda 1 oyda samarasini ko`rsatadi. Muammoli qismlardan 2-3 kg massa yo`qoladi.

Yuz uchun qahvali niqoblar

Qahvadan qilingan niqob yuzdagi shishlarni qaytaradi, tetiklashtiradi, terini taranglashtiradi, sayqal beradi.

Tayyorlash uchun: 2 choy qoshiq tuyilgan qahvaga 0,5 choy qoshiq dolchin qo`shing. Uni to`rt osh qoshiq qaynagan suv bilan aralashtirib, yog`li asosga ega bo`lgan A vitaminidan bir necha tomchi tomizing. Yuz va bo`yin qismini qaynagan suv bilan ho`llang. Aralashmani ko`z atrofiga tekkizmay, bir xil qilib surting. Ustidan issiq nam sochiqni yoping. Shu tariqa 10-15 daqio`ng iliq suvda yuving.
Diqqat! Bu niqob, faqat yog`li va quruq yuz terisi uchun to`g`ri keladi. Ta`sirchan yuz terisida allergik xususiyatlarni paydo qilishi mumkin.

Qaynatilgan qahva ostidagi 3 choy qoshiq quyqani 2 osh qoshiq tuyilgan yong`oq mag`zi bilan quyuq bo`tqa hosil bo`lgunicha aralashtiring. Tozalangan yuz terisiga engil shapatilovchi harakatlar bilan surting. 10-15 daqiqadan keyin sovuq suv bilan chaying. Bundan so`ng, yuzni artish tavsiya qilinmaydi. Niqob ta`sirchan yuz terisi uchun tavsiya etiladi.
Yuz va badan uchun qahvadan skrab

Qahva quyqasini 2:1 miqdorda yogurt (o`rtacha va yog`li yuz terisi uchun) yoki yog`li tvorog (ta`sircha va quruq yuz terisi uchun) bilan aralashtiring. Yuz va badanga surtib, to terida yoqimli iliq harorat his qilguncha uqalang. Teri biroz qizarishi kerak. So`ng, iliq suv bilan chaying. Jarayondan oldin issiq dush qabul qilsangiz, teridagi mayda teshikchalar ochilib, skrab yaxshiroq samara beradi.

Sochlar jilosining siri

—Qahvaning foydali xususiyatlari ko`p, jumladan sochlar uchun ham. U sochlarni mustahkamlaydi, uchi «gullashi»ni bartaraf etadi va ularga sog`lom jilo bag`ishlaydi. Buning uchun bir choy qoshiq qahva kukunini 1 osh qoshiq qaynoq suv bilan damlang. 5 daqiqa tindirib, 2 osh qoshiq 40 foizli spirt, 2 dona tuxum sarig`i, 0,5 choy qoshiq kanakunjut yoki zaytun yog`i qo`shing. Bir xil massa hosil bo`lgunga qadar yaxshilab aralashtiring. Nam yoki ho`l sochga surtib, 10 daqiqadan so`ng yumshoq shampun bilan yaxshilab yuving va iliq suvda chayib oling.

Diqqat! Niqob mala sochlilar uchun tavsiya qilinmaydi.

Gulnoza Alimova
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: