Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » IKKI YIL IShLADIM, DIPLOMIMNI OLIShIM MUMKINMI?
IKKI YIL IShLADIM, DIPLOMIMNI OLIShIM MUMKINMI?

IKKI YIL IShLADIM, DIPLOMIMNI OLIShIM MUMKINMI?

IKKI YIL IShLADIM, DIPLOMIMNI OLIShIM MUMKINMI?
2011-2015 yillarda Nukus Davlat pedagogika institutida grand asosida tahsil olganman. O`qishni tugatib, Beruniy tumanidagi 45-sonli maktabga boshlang`ich sinfga o`qituvchi bo`lib ishga qabul qilindim. Ish stajimga 2 yil to`ldi. Shu yilning yoz oyida qozog`istonlik yigitga turmushga chiqib, Qozog`istonga ketmoqchi edim. Grand asosida o`qiganim uchun menga diplomimni 3 yil ishlaganimdan keyin berishlarini aytishyapti. Men 2 yil ishlaganim uchun diplomimni olsam bo`ladimi? Avval kollej diplomi bilan ham to`rt yil maktabda ishlaganman, bu hisobga kirmaydimi?

Gulxan Raxmonova, Qoraqolpog`iston Respublikasi, Beruniy tumani 45-maktabning boshlang`inch sinf o`qituvchisi.

B.Rajabov, Kadrlar tayyorlash va oliy ta`lim muassasalarini tashkiliy-metodik ta`minlash bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari:

O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot, Oliy va o`rta maxsus ta`lim, Xalq ta`limi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2005 yil 8 iyuldagi 58-son, 154-1-son, 19-son, 02/2658-sonli qarorlari bilan “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to`g`risida Nizom” tasdiqlangan. Nizom O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005 yil 6 avgustda 1506-son bilan ro`yxatdan o`tkazilib, 2005 yil 16 avgustdan kuchga kirgan.

Mazkur Nizomga muvofiq oliy ta`lim muassasalarini davlat granti asosida bitirganlar ta`lim muassasasi, korxona yoki tashkilotlarga kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi va yo`llanadi.

Bitiruvchi mazkur Nizom talablari asosida taqsimot bo`yicha uch yil ishlab bergandan keyin unga oliy ta`lim muassasasi tomonidan bir hafta muddatda mehnat daftarchasiga muvofiq diplomning asl nusxasi beriladi.

Bitiruvchi tomonidan majburiy ishlab berilishi lozim bo`lgan yillarga quyidagi muddatlar ham kiradi:

ta`lim muassasasi, korxona yoki tashkilotda turli lavozimlarda ishlagan muddat;
ta`lim muassasasi, korxona yoki tashkilot mansub bo`lgan tizimdagi (vazirlik, idora yoki boshqa xo`jalik boshqaruvi organi) boshqa ta`lim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda ish beruvchining roziligiga ko`ra ishlagan muddat;
mehnat ta`tilida, shu jumladan ijtimoiy ta`tillarda bo`lgan muddat;
muddatli harbiy xizmat yoki safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi harbiy xizmat o`talgan muddat.
Fuqaro G.Raxmanovaning masalasi Xalq ta`limi vazirligida ko`rib chiqilishi lozim. Buning uchun G.Raxmanova Nukus davlat pedagogika institutining Marketing bo`limiga murojaat etib, tegishli hujjatlarini taqdim etishlari lozim.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: