Главная » Статьи » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar

Ishda stress darajasini pasaytirishning 4 oddiy usuli

Unumdorlikni oshirish va kamroq charchash uchun o‘z odatlaringizni biroz o‘zgartirish kifoya qiladi.

Haddan tashqari ko‘p kiradigan dasturlarni olib tashlang

Agar ish hajmini qisqartirishning iloji bo‘lmasa, smartfondagi dasturlarga sarf qiladigan vaqtni qisqartiring. Shunda sizda dam olish uchun bo‘sh vaqt paydo bo‘ladi.

Biron-bir dasturga kirish sizni chalg‘itadi. Siz ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan ruhiy quvvatni dasturlarga sarf qilasiz va natijada stress holatiga tushasiz.

Sizni aynan nima chalg‘itishini aniqlab oling: Facebookmi, o‘yinlarmi, boshqa dasturlarmi? Ularni hech bo‘lmasa bir haftalik muddatga olib tashlang va qanday o‘zgarish bo‘lishiga e’tibor bering.

Uxlash oldidan eslatma joriy qiling

Masalan, “Nima uchun haligacha uxlamayapsan?” degan so‘zlardan iborat. Kechqurun bu eslatmani o‘qib, boshlagan ishingizni davom ettirish kerakmi yoki yo‘qligi haqida o‘ylab ko‘ring.

Uxlashga yotishdan bir soat oldinga uyquga yotishga tayyorlanish vaqti kelgani haqida ogohlantiruvchi “qo‘ng‘iroq” qo‘ying. Shunda siz ishlaringizni oxirigacha qilishga ulgurasiz va o‘z vaqtida yotasiz.

Har doim yoningizda suv bo‘lsin

Suvni ko‘proq iching, bu ish qobiliyatini oshiradi va sizdan deyarli kuch talab qilmaydi. Uydan chiqayotganingizda o‘zingiz bilan suv olib yuring, ish stolingizga ham har doim bir idishda suv bo‘lsin.

Agar suv har doim ko‘z oldingizda tursa, siz ko‘proq suv ichasiz.

Ishda kamroq o‘tiring

Stressning nafaqat ruhiy, balki fiziologik sabablari ham bor. Ulardan biri — kam harakatlilik hisoblanadi.

Bu kamchilikni sport zalidagi kechki mashg‘ulotlarda o‘rnini to‘ldirishga umid bog‘lamang. Ish kuni davomida faolroq bo‘ling. O‘tirganingizda gavdani to‘g‘ri tuting. Majlislarni yurib o‘tkazing. Ishda turib ishlaydigan stol sotib oling. Tanaffus paytlari esa o‘tirib-turish mashqlarini bajaring.
Manba: Daryo.uz
Категория: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar | Добавил: Админ (04 Апр 2018)
Просмотров:   | Комментарии: 0 | Теги: Ishda stress darajasini pasaytirish | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]