Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Issiq havoda issiq choy ichish, bu to`g`rimi?
Issiq havoda issiq choy ichish, bu to`g`rimi?

Issiq havoda issiq choy ichish, bu to`g`rimi?

Issiq havoda issiq choy ichish, bu to`g`rimi?
Choy – xalqimizning sevimli ichimliklaridan hisoblanadi.

Choy faqat chanqoqbosdi ichimlik bo`libgina qolmasdan asabni tinchlantiradi, ruhiyatni tetiklashtirib, kayfiyatni ko`taradi. Tanadagi xolesterin miqdorini pasaytiradi. Shuning uchun choyxo`r kishilarni yurak xastaliklari bezovta qilmaydi.

Mutaxassislar ta`kidlashicha, kuniga 0,5 litr va 1 litr choy ichish me`yor hisoblashadi. Ammo issiq kunlarda va organizm talab qilgan vaqtlarda 2 litr choy ichish ziyonga xizmat qilmaydi.

Ko`pgina ayollarning “choy kishini qaritadi va xotirani susaytiradi”, degan “vahimali” farazlari bor. Ammo bu qo`rquvlar o`rinsiz. Chunki choy insonni yoshartirish xususiyatiga ega. Yurak-qon tomir tizimi ishini yaxshilab, miya faoliyatini analiz qilish xususiyatiga ham ega. Shuning uchun u kishi xotirasini teranlashtirib, fikrlash doirasini yaxshilaydi.

Uyquni qochiruvchi ichimlik sifatida ko`pchilik kofeni bilishadi, ammo xushbo`y va shirin choylar ham uyqusizlikka yaxshi da`vo. Shuning uchun kechqurun miriqib uxlashni xohlasangiz, yotishdan oldin aslo hidli va xushbo`y choylarni ichmang. Uning o`rniga ko`kat va o`simliklardan tayyorlangan damlama iste`mol qilish maqsadga muvofiqdir.

Ushbu ichimlikning ham zararli tomonlari bor. Ayniqsa, uni issiq holatda iste`mol qilish burun-halqum tomirlariga ziyon etkazib, tilning atrofi yallig`lanishiga va ta`m sezish qobiliyatini susaytirishga olib keladi.

Choyni aslo ovqat bilan birga va undan keyin darhol iste`mol qilmaslik kerak. Yo`qsa, kishida temir moddasining kamayib ketishiga olib keladi. Shuning uchun choy tamaddidan 20-25 daqiqa keyin ichilishi kerak.

Oftobda, 30-40 S0 issiq haroratda ko`p yursa, burni qonab aziyat eyishini bilgan kishi aksiga olib 70-90 gradusdagi choyni o`ylanmasdan ichadi. Oqibatda undan chiqayotgan bug` burundan qon kelish asoratini olib kelishi haqida o`ylamaydi.

“Choyni achchiq qilib damlab ichsam, bosh og`rig`im qoladi”, deb o`ylagan kishilar qattiq yanglishadi. Undan faqat tishlar zararlanib, suyakda ftor to`planib qoladi, bu esa ularning mo`rtlashishiga olib keladi. Natijada, sal nojo`ya harakatdan ham kishi suyaklariga darz ketishi mumkin.

Tarkibida kofein miqdori bo`lganligi uchun uch yoshgacha bolalarga tavsiya etilmaydi. Birinchidan uning belgilab qo`yilgan uyqu faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatsa, ikkinchidan, bo`y o`sishi va harakat tezligiga salbiy ta`sir etadi.

Shu o`rinda choy haqida gap borar ekan, yurtimiz choyxo`r mamlakatlar reytingida aholisining 99,6 foizi choyni xush ko`rishi bilan birinchi o`rinni egallaganini aytib o`tish kerak. Keyingi o`rinlarda esa Keni 99,2 foiz, Ozarbayjon 99,1 foiz, Pokiston 99 foiz, Xitoy 98,9 foiz aholisi choyni sevib iste`mol qiladi.

Dilobar Asliddin qizi, O`zA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: