Jag'-jag' qon ketishini to'xtatadi

Jag'-jag' qon ketishini to'xtatadi

Jag'-jag' qon ketishini to'xtatadi
Xalq tabobatida jag'-jag'ning yer ustida o'sadigan barcha qismlari ishlatiladi. U o'z tarkibida olma, limon, organik kislotalar, efir moyi, kumarin, flavonoidlar, xolin, atsetilxolin, tiramin, fitonsidlar, askorbin kislotasi, K vitamini, rutin, juda ko'p miqdorda kaliy hamda fosfor, makro hamda mikroelementlar (temir, mis, xrom, marganes, alyuminiy, kobalt, titan) va turli moddalarni saqlaydi. Jag'-jag' haqiqiy dorivor malham sifatida azaldan ma'lum edi. Jag'-jag' o'tgan asrning o'rtalarida Yevropaga qonni to'xtatuvchi vosita sifatida kirib keldi.
QAYSI KASALLIKLARGA DAVO?
Aynan jag'-jag' ichki qon ketishni bir zumda qoldiradi, ayniqsa, bachadon (ko'p va uzoq vaqt davom etuvchi hayz, tug'ruqdan keyingi va h. z), o'pka, buyrak, oshqozon-ichak, burundan qon ketish, bachadon atoniyasi, gipertoniya, gastrit, oshqozon yarasi, ich ketishi, zotiljam, siydik yo'li, siydik va o't-tosh kasalliklari, siydik tuta olmaslik, sil, bavosil, ayollar kasalliklari, qayt qilish, shamollash, revmatizm kabi xastaliklarni tuzatadi.
EHTIYoT BO'LING!
Mazkur o'simlik qon quyulishini tezlashtirgani bois ham giperkoagulyatsiyaga uchragan bemorlarga tavsiya etilmaydi. Shu bois ham jag'-jag' tromboz, tromboflebit; gemorroyga uchragan bemorlarga berilmasligi kerak. Agar emizikli ayolga jag'-jag' berishga to'g'ri kelsa, bolani sun'iy ovqatlantirishga o'tkazib turish kerak. Homiladorlarga esa umuman tavsiya etilmaydi. Chunki u bachadon qisqarishiga sabab bo'lib, muddatidan oldin tug'ruq va bola tushishiga sabab bo'lishi mumkin. Bir so'z bilan aytganda, jag'-jag'ni ratsionga qo'shishdan avval shifokor bilan maslahatlashish lozim.

FOYDALI
JIHATLARI
yallig'lanishni davolaydi;
siydik haydaydi;
qon tomirlarini kengaytiradi;
qonni
tozalaydi va qon ketishini to'xtatadi;
yaralarni davolaydi.
Jag'-jag', shuningdek, o'pka kasalliklari, moddalar almashinuvi buzilishi, ateroskleroz, revmatizm va podagra, dizenteriya, xoletsistitni bartaraf etishda ham foyda beradi.

DAVOLASh USULLARI
Ko'pincha davo maqsadida jag'-jag'ning 70 foizli spirtda eritilgan suyuq ekstrakti ishlatiladi. Uni bir kunda 20-25 tomchidan 3 mahal tug'ruqdan keyingi va hayz davomidagi uzoq muddatli qon ketishlarda bemor ayollarga berish mumkin.
Bachadon adenomasida 1 osh qoshiq mayda to'g'ralgan jag'-jag'ni 200 ml qaynagan suvga solib, 4 daqiqa davomida qaynatish lozim va biroz sovigach, darhol ichish kerak.
Tug'ruqdan keyingi bachadon atoniyasida (qisqarmagan bachadon ko'p qon yo'qotadi) 1 osh qoshiq quruq ko'kat ustiga 200 ml qaynagan suv quyib, 45 daqiqa davomida damlab qo'yish lozim. Uni 1 osh qoshiqdan uch mahal ovqatdan oldin ichish kerak.
Siydik pufagi, buyrak kasalliklarida 40-50 ml maydalangan ko'katni 1 l qaynagan suvga solib, 30 daqiqa tindirib qo'yiladi. Tayyor bo'lgan damlamadan 1 osh qoshiqdan kuniga uch marta ichiladi.
Jigar va o't pufagi kasalliklarida dorivor malham quyidagicha tayyorlanadi: 40-50 g ko'katni 1 l qaynagan suvga solib, qaynatish kerak.
Umurtqa churrasida 1-2 choy qoshiq jag'-jag' sharbatini asal bilan aralashtirib, bir kunda 5-6 marta ovqatdan keyin tanovul qilish lozim.
Qorin dam bo'lishida 2-3 osh qoshiq quruq mevalarni 200 ml qaynagan suvga solib, damlamani kuniga 1 osh qoshiqdan 3 marta iste'mol qilish lozim.
Klimaks davrida jag'-jag' o'simligi sharbatining 40-50 tomchisini 1 osh qoshiq suvga solib ichiladi.
Burundan qon ketishida (jarohat yoki biror kasallikning asorati bo'lishi mumkin) 2-3 choy qoshiq quruq o'simlikni 200 ml qaynagan suvga solib, 10 daqiqa tindirib qo'yiladi. So'ng undan har kuni 400-800 ml iste'mol qilish lozim.
Tug'ruqdan keyingi og'riqlarda qon to'xtatish vositasi sifatida 20-30 tomchidan kuniga 4-5 marta ichiladi.

Otquloq uzoq yillik o'simlik bo'lib, pazandachilik va xalq tabobatida keng ishlatilib kelinadi. O'simlik tarkibida juda ko'p foydali elementlar saqlangani bois davolashda benazirdir. Ko'pincha og'riq bilan kechuvchi hayz davrida otquloqni iste'mol qilish foydali. Bundan tashqari, otquloq beldagi og'riq va zangila (singa)ni ham davolaydi. Sistitda vanna ko'rinishida qabul qilinadi. Otquloq zamburug'larga qarshi kurashadigan, safro haydaydigan va qon to'xtatadigan xususiyatga ega.

Otquloqning qaynatilgani furunkulyoz va bosh terisi zamburug'li kasalliklarini davolaydi. Milklarning qonashi, anginada undan tayyorlangan qaynatma bilan og'iz chayish mumkin. Otquloq sharbati esa organizmdagi isitma, qichima va revmatizmni davolashda ishlatiladi.
Otquloq qator vitamin va organik kislotalarga boyligi tufayli kasallik bilan birga uning paydo bo'lishining ham oldini oladi.
Otquloq moddalar almashinuvini yaxshilash va ichak kasalliklarida ham foyda beradi. Tarkibida askorbin kislotasi ko'pligi bois organizmdan zararli xolesterinni haydab chiqaradi, bahorgi avitaminozni davolaydi. Bundan tashqari, otquloq barglarining zahar haydash xususiyati ham mavjud. Kolit, bavosil va oshqozon-ichak kasalliklarida ham yaxshi samara beradi.

KIMLARGA MUMKIN EMAS?
Otquloq tarkibida juda ko'p foydali eelementlar bo'lgani bilan uni har kuni yeb bo'lmaydi. Chunki mazkur ko'kat organizmdan kalsiyni yuvib yuborish xususiyatiga ega. Homiladorlarga ham tavsiya etilmaydi. Ko'p miqdordagi otquloq kislotasi osteoporoz rivojlanishiga turtki bo'ladi, buyrak ishiga ham xalal beradi.
Otquloqni quyidagi holatlarda iste'mol qilib bo'lmaydi:
homiladorlik davrida;
buyrak bilan bog'liq muammolar bo'lganda;
oshqozon yarasida;
osteoporoz, podagrada.
Otquloqni yoshi o'tib qolgan insonlar tanovul qilmagani ma'qul, chunki u bo'g'imlarga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Otquloqni ko'p va muntazam iste'mol qilish buyrakda tosh paydo qiladi. Biroq o'simlikning salbiy xususiyatini sut mahsulotlari yordamida kamaytirish mumkin.
Tarkibida ko'plab darmondorilar, shovul kislotasi, ayniqsa, S vitamini talaygina. Ko'klamda otquloq qo'shib tayyorlangan chuchvara va somsalar qon bosimi ko'tarilishi hamda me'da xastaliklari kuzatilishida tavsiya etiladi. Otquloqning 2-3 ta bargini muzdek suvda chayib, peshonaga qo'yilsa, bosh og'rig'ini yengillashtiradi. Shuningdek, tana harorati ko'tarilganida ensa sohasiga malham sifatida qo'yilsa, tanadagi issiqlikni oladi.
Agar follikula yetishmasligi tuxumdonlar faoliyati bilan bog'liq bo'lsa, otquloq urug'idan 30 g olib, ustiga 2 piyola qaynoq suv quyib damlanadi. 5 daqiqa tindirgach, kuniga uch mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin ichish lozim. Otquloq damlamasini hayzning ilk kunlaridan boshlab qabul qilish mumkin.
Manba: Hordiq.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: