Jinsiy hayot bosqichlari..

Jinsiy hayot bosqichlari..

Jinsiy hayot bosqichlari..
Jinsiy hayot tajribasida urganilib,
ma’lum atamalar bilan nomlangan
bosqichlar borki, bularni bilib
qo‘yish foydadan holi emas. Bu
bosqichlar jinsiy yaqinlikning
muhim tarkibiy qismlari
bo‘lganligi uchun, ularning ayol
va erkaklardagi o‘ziga xosligi
xususida so‘z yuritamiz. Libido -
xohish-istak, hirsniig yuzaga
kelishi; ma’lum ayol bilan jinsiy
yaqinlik qilish istagi erkaklarda
ayollarga nisbatan osonroq,
tezroq yuzaga keladi. Libidoning
yuzaga kelishi uchun
erkaklarning ayol diydorini
ko‘rishining o‘zi ham ba’zan
kifoya qiladi. Yigit kishi ayol
diydorini, qad-qomatini, kiyimini
ko‘rib, hayajonga tushadi, hirsi
uyg‘onadi, binobarin, bu
libidoning yuzaga kelishiga kuchli
ta’sir qiladi. Libido ayollarda
birmuncha kech paydo buladi,
his-hayajonning yuzaga chiqishi
erkaklarga nisbatan birmuncha
kuchsiz va davomliroq bo‘ladi.
Bunga sabab ularning his-
siyotida ruhiy holatning fiziologik
holatga nisbatan ustunligidir.
Ereksiya quzg‘alish yuzaga
kelishidan boshlanib, jinsiy
yaqinlikka tayyorlashunga qadar
bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu
bosqichda ayol jinsiy a’zolarida
bir qator o‘zgarishlar yuzaga
keladi: qin namlanadi, klitor
(jinsiy a’zolarning qon bilan
ta’minlanishi) kuchayishi hisobiga
katta va kichik jinsiy lablar
kattalashadi sekretsiya bezlari,
ayniqsa, jinsiy a’zolar bezlarining
ishi zurayadi, tana qiziydi, ba’zan
teri shilliq qavati qizaradi va
boshqa shunga uxshash holatlar
paydo buladi. Erkaklarda ereksiya
paytida jinsiy a’zoga qon kelishi
ko‘payadi, uchta g‘ovaksimon
tanachaning qon bilan
ta’minlanishi hisobiga jinsiy olat
3-4 barobar kattalashadi va
nihoyatda taranglashadi. Bunday
kattalashish, uning qon bilan
ta’minlanishiga, aniqrog‘i, qon
tomirlarining qayerda
joylashishiga bog‘liq buladi.
Barcha a’zolarda arteriya
chuqurroq, vena qon tomiri
yuzaroq joylashgan bulsa, olatda
buning aksi buladi. Olatda
arte¬riya yuzaroq joylashgan
buladi hamda venaning
chuqurroq joylashishi natijasida
g‘ovaksimon tanachalar qonga
tulib, venani qisib quyadi va
shuning hisobiga qonning
venada yurishi qiyinlashadi, bu
esa jinsiy a’zoni yanada shishiradi
hamda uning bir necha bor
kattalashib, nihoyat¬da
taranglashishiga olib keladi.
Ereksiya bosqichi erkaklarda
ayollarga nisbatan qisqaroq
buladi, chunki ular birmuncha tez
va oson quzg‘a-ladi. Hatto ba’zan
olatning shunchaki
ishqalanishidan ham beixtiyor
ereksiya holati yuzaga keladi.
Ba’zan sevgan ayolini ko‘rganda,
jinsiy yaqinlik qilish istagini
uylash yoki biror tanish, yoqimli
hidning sezilishi ham ereksiyani
paydo qilishi mumkin. Ayollarning
aksariyatida ereksiya ko‘p vaqt
talab qiladi. Erkaklarda bo‘lgani
kabi, beixtiyor erkak kishini
kurgandayoq yuzaga
kelavermaydi, chunki ularda ruhiy
holatning ustunligi ereksiyaga
ham o‘z ta’sirini kursatadi.
Ayollarda ereksiya paydo bo‘lishi
erkakning shirin gapirishiga,
jinsiy yaqinlik qilinadigan joyning
xoli, bexavotir bo‘lishiga,
erkakiing upib erkalashiga,
erogen zonalarini silab-
siypashiga, badanning va
urinning tozaligi va xushbuyligi
kabi boshqa ko’pgina sabablarga
bog‘liq buladi. Bular, albatta,
erkak kishiga ham ahamiyatli-yu,
lekin ayol uchun hal qiluvchi
omillar hisoblanadi.
Erkaklar va ayollarda ereksiya
bosqichida hirsning qo‘zg‘alishi
bir-biridan farq qiladi, ya’ni erkak
kishi iloji boricha hirsini tezroq
qondirishga harakat qiladi, ayol
kishi esa bu vaqtni mumkin
qadar chuzadi, jinsiy yaqinlikni
boshlashga shoshilmaydi, chunki
bu vaqt qanchalik chuzilsa, ayollar
shuncha ko‘p lazzatlanadilar.
Erkaklar buni yaxshi bilishlari va
jinsiy yaqinlik vaqtida hisobga xxxuzb.ru saytidan olingan olishlari kerak. Ayolda ereksiya
bosqichi tuliq utmaguncha,
qo‘zg‘alish intihosiga
yetmaguncha erkak kishi jinsiy
yaqinlikni boshlamasligi kerak.
Ayolda ereksiya tuliq kechmasa,
qin namlanmasa, ayol jinsiy
yaqinlik vaqtida har xil og‘riqlar
sezishi mumkin. Ayolda ereksiya
jarayonining tuliq kechganligini,
jinsiy yaqinlikka tayyorligini uning
xatti-harakatidan bilib olsa buladi.
Friksiya olatning qinga kirishi va
friksion harakatlarning
boshlanishidan to orgazm -
nihoyatda lazzatlanish yuzaga
kelgungacha bo‘lgan vaqtni o‘z
ichiga oladi. Friksion harakatlar
odatda 1,5-2 minutdan 6
minutgacha davom etadi va,
asosan, orgazm bilan tugaydi.
Agar erkak kishi me’yorida
muntazam jinsiy hayot kechirib
yursa, orgazmni 1,5-2 minutdan
oldii sezsa, bu jinsiy zaiflik belgisi
hisoblanadi. Agar ayolda
quzg‘alish va ereksiya to‘liq
o‘tishiga hamda friksion
harakatlar 6-10 minut davom
etishiga qaramay orgazm yuzaga
kelmasa, buni jinsiy sovuqlik
frigidlik deb hisoblash kerak.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: