Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Kartoshka og`riqqa, shamollashga qarshi davo
Kartoshka og`riqqa, shamollashga qarshi davo

Kartoshka og`riqqa, shamollashga qarshi davo

Kartoshka og`riqqa, shamollashga qarshi davo
Kartoshkani “ikkinchi non” deyishadi. Bu sabzavotning ko`pgina kasalliklarga shifo ekanini eshitib kelardim. Yaqinda bir dugonam bosh og`rig`i, buyrak og`rig`ida kartoshkadan foydalanish haqida so`zlab berdi. Ularni sizlar bilan ham o`rtoqlashmoqchiman.

● Tez-tez bosh og`rig`i bezovta qilganda, bir dona xom kartoshka archilib, qirg`ichdan chiqariladi. So`ng 2 stakan qaynatilgan suvga solinib, 4-5 daqiqa qaynatiladi. Qaynab chiqqach, doka yordamida suzib olinadi va shu suvdan har nonushta oldidan yarim stakandan ichiladi. Muolaja har 3 kunda bir marta bir oy mobaynida bajariladi.

● Buyrak shamollaganda yoki buyrakda tosh yi­g`il­gan­da ham darmon o`rnida kartoshka asqatadi. Buning uchun o`rtacha kattalikdagi 5-6 dona kartoshka po`stlog`i bilan suvda qaynatiladi. Ezilib pishgach, po`stlog`i bilan yaxshilab mijig`lanadi va bo`tqa holatiga keltiriladi. Tayyor bo`tqaga 1 osh qoshiq ichimlik sodasi solib, yana aralashtiriladi. Hosil bo`lgan malhamni og`riyotgan buyrak ustiga yoyish kerak. Ustidan sellofan va sochiq o`raladi.

40 daqiqadan so`ng kartoshkali malhamni asta-sekin olib, terini iliq suvda chayish lozim. Bu muolajani 2-3 marta takrorlang. Muolajadan so`ng qorin sohasini doim issiq tutishni unutmang.

● Kuyishdan jarohat olganda ham kartoshka bilan birinchi yordam ko`rsatish mumkin. Agar tananing biror joyi kuyib qolganda, ochiq yara hosil bo`lmagan bo`lsa, tezda 1 dona kartoshkani po`stlog`idan archib, qirg`ichdan chiqaring. So`ng terining kuygan qismiga qo`yib, mato bilan o`rang. Kartoshka ilib qolgach, uni boshqasiga almashtiring. Shu tariqa bir necha marta tak­rorlang. Natijada og`riq va achishishlar ketib, kuygan teri asta-sekin tuzala boshlaydi.

Shahlo Rustamova, Qarshi shahri
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: