Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​Kichkintoy emaklamayapti? Yoki emaklashni boshlaganda...
​Kichkintoy emaklamayapti? Yoki emaklashni boshlaganda...

​Kichkintoy emaklamayapti? Yoki emaklashni boshlaganda...

​Kichkintoy emaklamayapti? Yoki emaklashni boshlaganda...
Odatda, sog`lom kichkintoylar 7 oyligida mustaqil o`tirishni o`rganib, so`ng emaklashni boshlashadi. Emaklash bola organizmi uchun foydali va kerakli jarayon hisoblanadi. Biroq ayrim bolalar emaklashga qiynalib, bir yo`la yurib ketishadi.

1. Bola emaklamasligining asosiy sabablaridan biri raxit kasalligi bo`lishi mumkin. Mushaklar sustligi bolaning emaklay olmasligiga olib keladi.

2. Ko`pincha bolalar maydonchasi (manej)dan chiqmagan, qo`lda ko`tarib yurishga o`rgangan yoki chaqaloqligida mahkam yo`rgaklangan bolalarning emaklashi ham qiyin bo`ladi.

3. Semizroq, yo`g`on suyakli kichkintoylar emaklashga erinishadi, ammo ularning qo`llaridan ushlab asta-sekinlik bilan o`rgatishingiz mumkin.

4. Ba`zi bolalar emaklash nimaligini tushunmay, dangasalik qilishadi. Bu vaziyatda farzandingiz bilan yoshi teng yoki undan 2-3 oylik katta bolali dugonangizni mehmonga chaqiring. Dangasa bolakay o`zi kabi do`stining harakatchanligini ko`rib, unga ergashadi.

5. Bolaga harakatlanishi uchun kengroq joy hozirlang. Ortiqcha narsa-buyumlarni olib qo`ying.

6. Kichkintoy polni yalab ko`rishi, dahlizdagi oyoq kiyimlarni qiziqib ushlab ko`rishi mumkinligini hisobga oling-da, uyni doim ozoda tuting.

7. Shuningdek bola emaklashni boshlaganda xojatxona va hammom eshiklari yopiq turishiga ahamiyat bering. Birinchidan, bolaning u xonalarga emaklab kirishi gigienaga to`g`ri kelmaydi, ikkinchidan u erdagi kimyoviy vositalarni qiziqib, og`ziga solish xavfi bor.

8. Agar polingizni sirg`aluvchan, silliq laminat yoki parket bo`lsa, bola emaklaganda yiqilmasligi uchun polga gilamlar to`shab qo`ying.

9. Emaklashni boshlagan bolaga, tizzalariga qalin mato tikilgan kiyimchalar harid qiling. Shunda bolaning nozik tizzalari lat emaydi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: