Kir sovunning xalqona sirlari

Kir sovunning xalqona sirlari

Kir sovunning xalqona sirlari
Kir sovunning siz bilgan va bilmagan xususiyatlari bilan tanishing.

Terining sal tirnalgan, tilingan joylaridagi yaralarga kir sovun surish orqali infeksiya xavfini bir muncha kamaytirish va bitishini tezlashtirish mumkin.

Lat yegan joyga muz qo‘yilsa yoki kir sovun surilsa ko‘karishning ham va shishishning ham oldini olish mumkin.

Kir sovun — virusga qarshi ajoyib vosita hisoblanadi. Tumovda yoki hatto grippning boshlang‘ich bosqichida paxta bo‘lagini kir sovun eritmasiga botirib burun bo‘shliqlarini yuvish kerak.

Chipqon chiqqanda unga bir xil miqdorda olingan va qirg‘ichda qirilgan kir sovun, piyoz va shakardan iborat aralashmadan surib bog‘lab qo‘yish kerak. Yaxshisi buni kechqurun amalga oshirgan ma’qul. Ertalabgacha yara toza bo‘ladi.

Oyoqlarda zamburug‘ paydo bo‘lsa, zararlangan joyni kir sovun bilan yuvish va qurigandan keyin yod surish kerak. Bundan tashqari zamburug‘ kasalligini oyoqlarni bir hafta davomida har kuni ertalab va kechqurun kir sovun bilan yuvish orqali ham tuzatish mumkin.

Soqol olishda yoki depilyatsiya qilishda terini bezovta bo‘lishdan saqlash uchun qimmatbaho krem va gellar sotib olish shart emas. Bu amallardan keyin terini kir sovun bilan bir marta yuvib tashlashning o‘zi kifoya qiladi.

Shaxsiy gigiyena vositalarini (taroq, mochalka, tish cho‘tkasi) zararsizlantirish uchun kir sovundan foydalanish mumkin. Ularga kechqurun sovun surib qo‘yish, ertalab esa yaxshilab yuvish kerak. Mutaxassislar buni hech bo‘lmasa uch oyda bir marta amalga oshirishni tavsiya qiladi.

Boshni bir oyda bir-ikki marta kir sovun bilan yuvish juda foydali. Yuvib bo‘lgandan keyin limon sharbati yoki sirka bilan chayqash kerak. Sochlar qalin va sog‘lom bo‘lib o‘sadi, qazg‘oqlar yo‘qoladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: