Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Ko‘p vazifalilik kishi ongiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Ko‘p vazifalilik kishi ongiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Kompyuteringizda 20 ga yaqin ilova (vkladka) ochib qo‘yilgan va siz bor-yo‘g‘i ikkita gapni o‘qishga ulgurgan holda birini qo‘yib boshqasiga o‘tasiz. Bir vaqtning o‘zida siz chatda luqma tashlashga, buterbrod chaynashga va sevimli musiqangizni tinglashga ham harakat qilasiz. Ko‘rinishdan siz ko‘p narsalarga ulgurayotganga o‘xshaysiz, lekin aslini olganda bu miya faoliyatiga juda salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Stenford Universiteti professori Klifford Nass ko‘p vazifalilikdan voz kechishning jiddiy sabablarini topdi. Klifford Nass o‘tkazilgan tadqiqotlarga tayangan holda, odam bir vaqtning o‘zida qancha ko‘proq vazifani bajarsa, yodlashi yoki eslab qolishi shuncha qiyinroq bo‘ladi deb hisoblaydi.

Agar siz diqqatingizni vazifalarning hech biriga keragicha yo‘naltira olmasangiz unda muloqot qilishda ham yoqimli bo‘la olishingiz juda qiyin.

Bu ishingizga qanday ta’sir qiladi?

Jeyms O’Tul “biznes+strategiya” deb nomlangan maqolasida ko‘p vazifalilikning xavfliligi to‘g‘risida eslatib o‘tgan. U buning oqibatlarini turli-tuman bo‘lishiga qarab, shuncha yoqimsizlashaveradi deb aytgan.

Ko‘p vazifalilik sizni qo‘rs va madaniyatsiz odamga aylantiradi: yoningizda o‘tirgan odamga e’tibor qaratish o‘rniga siz xabar yozish yoki boshqa biron-bir ish bilan shug‘ullanasiz va bu haqiqatan ham har qanday odamning g‘ashiga tegadi.

Ko‘p vazifalilik boshqarishni qiyinlashtiradi: vazifalar qancha ko‘proq bo‘lsa, ma’lumotlarni saralash shuncha qiyinroq bo‘ladi — bir vaqtda berilgan yangiliklarni esga oling.

Ko‘p vazifalilik ijod qilish qobiliyatini pasaytiradi: oqilona yechimini topish uchun butun diqqatingizni shu masalaga qaratishingiz kerak bo‘ladi, siz esa bunday vaziyatda aniq bir narsaga diqqatingizni yo‘naltira olmaysiz.
Manba: Daryo.uz



«Ko‘p vazifalilik kishi ongiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]