Ko‘proq choy ichish uchun 6 sabab

Ko‘proq choy ichish uchun 6 sabab

Ko‘proq choy ichish uchun 6 sabab
Ko‘pchiligimiz choyni ichishda uning shifobaxsh xususiyatlari va organizmga bo‘lgan foydali ta’siri haqida o‘ylab o‘tirmaymiz. Bu ichimlikni ko‘proq ichishning kamida 6 sababi bor. Maqolamizda ular haqida aytmoqchimiz.

Metabolizmni tezlashtiradi
An’anaviy qora va ko‘k choylar metabolizmni tezlashtiruvchi, demak modda almashinuvini yaxshilovchi va organizm tinch holatda bo‘lsa ham quvvat sarflashga yordam beruvchi tarkibiy qismlardan tashkil topgani hech kimga sir emas.

Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi
Choyning hamma turlari ovqatni yaxshi hazm qilishga, qorin damlashini kamaytirishga va ichak peristaltikasini yaxshilashga yordam beradi.

Terini yoshartiradi
Choy, ayniqsa ko‘k choy elastin ishlab chiqilishini faollashtiradigan, demak teri hujayralarini yangilaydigan va uni namlaydigan katexinlar va polifenollarga juda boy. Har kuni 1—2 piyola ko‘k choy ichadigan kishilar o‘zining chiroyli rangdagi mayin terisi bilan maqtana olishi mumkin.

Teri tuzilishini tekislaydi
Bu ajoyib ichimlik tarkibidagi faol bog‘lanishlar tufayli, uni muntazam ravishda iste’mol qilish mikrobga qarshi kuchli samara bilan ta’minlaydi. Bu husnbuzarlar paydo bo‘lishining oldini oladi.

Qondagi shakar miqdorini normallashtiradi
Ma’lum bo‘lishicha, choy kortizol gormonining ishlab chiqilishiga to‘sqinlik qilar ekan. Ichimlikdagi shu xususiyat tufayli qondagi shakar miqdorining to‘g‘rilanishi yaxshilanadi, demak qandli diabet paydo bo‘lish ehtimoli pasayadi.

Vaznni nazorat qiladi
Ko‘pchilik olimlar bu ichimlikning ovqatga bo‘lgan moyillikni pasaytirishiga va tamaddilar sonini kamaytirishga yordam berishiga ishonadi. Bu choy yordamida o‘z vaznini boshqarish mumkin ekanligini bildiradi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: