Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Ko‘z atrofi terisini qanday parvarish qilish kerak?
Ko‘z atrofi terisini qanday parvarish qilish kerak?

Ko‘z atrofi terisini qanday parvarish qilish kerak?

Ko‘z atrofi terisini qanday parvarish qilish kerak?
Ko‘z atrofi terisi juda yupqa va nozik bo‘ladi, buning ustiga unda deyarli yog‘ bezlari yo‘q. Shuning uchun u tezroq ishdan chiqadi. Ko‘z atrofi terisini qanday qilib to‘g‘ri parvarishlash kerak?

Ko‘z atrofi sohasini to‘g‘ri tozalang. Birinchi navbatda bu sohani har kuni ertalab va kechqurun makiyajdan, changlardan tozalash lozim. Buning uchun tarkibida spirt bo‘lmagan tozalovchi losyon, tonik va boshqa vositalardan foydalaning. Ko‘z atrofi terisini tozalash jarayoni nozik terini cho‘zib yubormaslik va uni shikastlamaslik uchun juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak.

Ko‘z atrofi terisini namlang. Har kuni ko‘z atrofi sohasi uchun kunduzgi namlovchi kremlardan foydalaning. Ko‘z atrofi terisini namlash uchun tabiiy yog‘lar juda mos keladi, chunki ular yumshatuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Kechqurun ko‘zingiz atrofiga bodom yog‘i suring va uni yengil uqalang. Yog‘ terini oziqlantiradi va uning namliroq bo‘lishini ta’minlaydi.

Ko‘z atrofi sohasini uqalang. Bir kunda bir marta 5 daqiqa ko‘z atrofi sohasini uqalashni tavsiya qilamiz. U qon aylanishini yaxshilashga, mayda ajinlarni tekislashga yordam beradi, charchoqni ketkazadi.

Ichayotgan suvingizning miqdoriga e’tibor bering. Organizmda suv balansining yetishmasligi birinchi navbatda yuz terisida namoyon bo‘ladi. Bir kunda 2 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suv iching – bu nafaqat erta qarishning, balki shishlarning ham oldini oladi. Ko‘z taglaridagi shishlar organizmning umumiy suvsizlanishi natijasida paydo bo‘ladi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: