Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi

Kunduzgi uyquni xush ko‘ruvchi odamlar Alsgeymer kasalligiga ko‘proq moyil bo‘lishi ma‘lum bo‘ldi. Bu haqda EurekAlert xabar bermoqda.
AQShdagi Vashington universiteti shifokorlari ana shunday xulosaga keldi.

Shifokorlar o‘tkazgan tadqiqotda 189 kishi ishtirok etdi. Ularning o‘rtacha yoshi 66 yoshda edi.

Olimlar ikki hafta davomida ko‘ngillilarning biologik faolligini kuzatdi. Bundan tashqari, miya MRT tasvirlari olindi.

Natijada miya faoliyati buzilib, kechasi uxlay olmay, kunduzi uyqusirab yuradigan odamlar mazkur kasallikka chalinishga moyil bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.
Manba: Daryo.uz



«Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]