Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​Kuyishdan keyingi dog' va chandiqlardan xalos bo'lish yo`llari
​Kuyishdan keyingi dog' va chandiqlardan xalos bo'lish yo`llari

​Kuyishdan keyingi dog' va chandiqlardan xalos bo'lish yo`llari

​Kuyishdan keyingi dog' va chandiqlardan xalos bo'lish yo`llari
Avvallari yuz va qo`l terisidagi chandiq izlari bir umrlik nuqson hisoblagan. Hozirda esa rivojlangan tibbiyot bunday kamchiliklarni barataraf etish imkonini bermoqda. Chandiqlardan xalos bo`lish yo`llari, muolaja va davolash jarayoni haqida tibbiyot fanlari nomzodi, dermatolog, kosmetolog Iroda NURMATOVA batafsil ma`lumot beradi.

Eski va yangi jarohatlar

Kuyishdan keyin qolgan dog` va chandiqlar yuqori harorat yoki kimyoviy moddalar ta`sirida zararlangan to`qimaning patologik tiklanishi natijasida yuzaga keladi. Shunisi aniqki, termik kuyishlar natijasida hosil bo`lgan chandiqlar boshqa jarohatlar asoratida paydo bo`lganlaridan ko`ra yaqqolroq ko`rinadi. Chunki yuqori harorat natijasida terida o`ziga xos o`zgarishlar yuzaga keladi. Ta`sir qiluvchi moddaning kuchi va vaqtiga ko`ra, terida oddiy dog`dan to keloid chandiqqacha hosil bo`lishi mumkin. Hozirgi zamonaviy usullar yordamida nafaqat yangi hosil bo`lgan chandiqlar, balki ko`p yilliklarini ham korreksiya qilish mumkin.

Qanday muolaja qilinadi?

Chandiqlarni davolashda ustki qo`llaniladigan vositalar, ya`ni gel, krem va malhamlar, silikonli bog`lama va plastinalar qo`llaniladi. Shuningdek, ine`ksiya usullari ham bor, bular:

Mezoterapiya — teri ichiga in`eksiya yo`li bilan faol moddalar(kollagen, gialuron kislotasi) yuboriladi. Bu usul artofik chandiqlarda tavsiya etiladi. Uning natijasida teri rel`efi tekislanib, qayishqoqligi va tarangligi oshadi.
Plazmolifting — bunda bemorning 40-60 ml. qoni olinib, undagi trombositlarga to`yintirilgan plazma ajratib olinadi va teri ichiga in`eksiya yo`li orqali kiritiladi. Natijada teri rangi tiklanib, tonusi oshadi, taranglashadi va hattoki, soch tolalari ham mustahkamlanadi.

Shuningdek, fermentativ preparatlar ham mavjud bo`lib, ular terining gipertrofik chandiqli deformasiyalanishida yaxshi yordam beradi.

Piling usullari

— Kimyoviy chuqur pilinglar – meva kislotalari (glikol, retin, fenol) yordamida amalga oshiriladi. Bu kuchsiz kislotalar chandiq yuzasidagi to`qimani quritib, tushiradi. Natijada teri yuzasi tekislanib, tarangligi hamda qayishqoqligi qayta tiklanadi.

— Mexanik piling — lazerli silliqlashga o`xshash usul. Ammo bunda chandiq to`qimasi alyumin kislotasi kukuni yordamida mexanik yo`l bilan olib tashlanadi.

Lazerli silliqlash

• Ablyatsion lazerli silliqlash muolajasida lazer nurlari yordamida chandiq bo`lgan teri qavatma-qavat olib tashlanadi. Keyin esa olib tashlangan dag`al to`qima o`rniga nozik teri hosil bo`ladi. Muolaja mahalliy og`riqsizlantirish orqali amalga oshiriladi. Muolajadan keyin shu soha biroz shishishi va qizarib qolishi mumkin. Bunda chandiqning turiga ko`ra bir nechta muolaja o`tkazilishi talab qilinadi.

• Fraksion fototermoliz. Bu ham gipertrofik, ham atrofik chandiqlarni davolashda samarali usul sanaladi. Bunda terining yuqori qavati lazer yoki elektr toki yordamida kuydiriladi va terining qayta tiklanishiga imkon beriladi. U suyuqligi bor to`qimalarga ta`sir qiladi. Teri 24 soatdan keyin tiklanishni boshlaydi.

• Noablyasion lazerli silliqlash — pushti rangli va atrofik chandiqlarni korreksiyalashda qo`llaniladi. Bu usul chandiq ichidagi qon tomirlarni davolaydi.

Foydali 4 niqob

Ba`zida kuygan terida pufaklar hosil bo`lmaydi-yu, lekin qizarib qoladi. Bir qancha vaqt o`tgach, u qorayadi va dog` bo`lib qolishi hech gap emas. Bu kabi dog`larning oldini olish uchun uy sharoitida tayyorlangan niqoblardan foydalanish mumkin.

Asal va dolchinli niqob: 30 ml asalni qizdirib, 1 choy qoshiq dolchin kukuni qo`shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo`lgan aralashma jarohatga surtiladi. 20 daqiqadan keyin u iliq suv bilan yuvib tashlanadi. Muolajani 1 oy davomida haftada 3 marta takrorlash mumkin.
Bodring va pomidorli niqob: sabzavotlar po`sti tozalanib, blendrda bo`tqasimon massa hosil qilinadi. Shu massa ertalab va kechqurun yuzga surtiladi. Bu niqob kimyoviy pilingning o`rnini bosishi mumkin. Negaki mahsulotlar tarkibidagi kislota dog`lar rangini ochartirib, teri tekislanishiga yordam beradi.
Iste`mol sodasi: 20 g sodaga 1 choy qoshiq suv solib, aralashtiriladi (bo`tqasimon aralashma hosil bo`lishi kerak). Aralashma jarohatlangan joyga surtilib, 1 daqiqa davomida uqalanadi. Bu niqob zararlangan teri qavatini ko`chirib tushiradi.
Limonli niqob: limonning chorak qismi blendrda maydalanib, biroz suli yormasi qo`shiladi. Hosil bo`lgan aralashma zararlangan joyda 25 daqiqaga qo`yiladi va keyin sovuq suv bilan yuvib tashlanadi.

Shahlo ShERMUHAMMEDOVA.

Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: