Главная » Статьи » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar

Moddalar almashinuvi uchun eng asosiy vitamin

Kalsiy nima uchun kerak? – Albatta, suyaklar uchun. Omega-3 yog‘ kislotalari-chi? – Sog‘lom yurak uchun! Xolin-chi? – Xolin nima?

Afsuski hayotimiz uchun muhim bo‘lgan bu modda haqida kam gapiriladi. Garchi bizning organizm uni unchalik katta bo‘lmagan miqdorda ishlab chiqarsa-da, bu moddaning katta qismini biz oziq-ovqatlardan izlashimizga to‘g‘ri keladi.

Shunday qilib, xolin nima uchun kerak? Birinchidan, u yog‘larning almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. “Xolinsiz va u organizmda hosil qiladigan reaksiyalarsiz yog‘ va xolesterin qon oqimiga o‘tib olishning o‘rniga jigarda to‘planib qoladi”, – deb tushuntiradi parhezshunos Sara Pflugradt. Va bu juda muhim, chunki jigarda yog‘ va xolesterinning to‘planishi, ya’ni metabolik alomatlar bilan uzviy ravishda bog‘langan bu buzilish jigarning spirtli ichimliklarga bog‘liq bo‘lmagan yog‘ kasalliklari xavfini oshiradi.

Shuningdek, xolinning roli bu bilangina cheklanib qolmaydi. U organizmning yurak kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan yallig‘lanish markerlariga qarshi kurashida qatnashadi.

Bundan tashqari, xolin yurak salomatligiga yordam berishda, aqliy faoliyatni (shu jumladan xotira va kattalarda motorika tezligini) kuchaytirishda qatnashadi. Yangi tadqiqotlar xolinning ratsionda yetarli miqdorda bo‘lishi ko‘krak saratoni xavfini kamaytirish qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.

Ba’zi juda muhim ozuqaviy moddalar (masalan, D vitamini)dan farqli ravishda, xolin tanqisligini agar uni qayerdan izlash kerakligi aniq bo‘lsa, to‘ldirish juda oson.

Xolinning eng yaxshi manbai – tuxum sarig‘i, uning tarkibida bu moddaning sutkalik me’yorining 35% i mavjud. Shuningdek mol go‘shti, losos va tovuq go‘shti, brokkoli, bryussel karami va araxis yog‘i ham xolinning yaxshi manbalari hisoblanadi.
Manba: Daryo.uz
Категория: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar | Добавил: Админ (04 Фев 2018)
Просмотров:   | Комментарии: 0 | Теги: Moddalar almashinuvi uchun eng asos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]