Главная » Статьи » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar

Multivitaminlar o‘rnini bosuvchi 5 ta tabiiy oziq-ovqat

Multivitaminlar bizga juda ma’qul tanlov bo‘lib ko‘rinadi: foydali moddalarning tayyor to‘plamini bor-yo‘g‘i bitta hapdori orqali olamiz.

Lekin yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari multivitaminlarning yurak kasalliklari, saraton va miya faoliyatining yoshga bog‘liq buzilishlariga qarshi kurashishda yordam bera olmasligini aniqladi.

Bundan tashqari ba’zi ma’lumotlar beta-karotin, A va E vitaminlarining yuqori dozalari sog‘liqqa ziyon keltirishini ko‘rsatmoqda.

U holda kerakli minerallar, vitaminlar va hayotiy muhim moddalarni qanday olish mumkin?

Quyida keltirilgan 5 oziq-ovqat yordamida siz organizm uchun zarur moddalarga ega bo‘lishingiz mumkin.

1. Bodom

Bu mazali yong‘oqchalar — multivitaminlarning o‘rnini bosish uchun birinchi da’vogar hisoblanadi. Yaqinda aniqlanishicha, bir kunda 45 g bodom iste’mol qilish zarur yog‘ kislotalari, E vitamini va magniy miqdorini muvofiq holatga keltirishga yordam beradi.

2. Mollyuskalar

Ustritsa, midiya va boshqa yeyiladigan mollyuskalar tarkibida ko‘p miqdorda vitaminlar va minerallar mavjud. Ularda kerakli moddalar juda ko‘p, kaloriya esa kam, oqsillar ko‘p, yog‘lar kam. Ta’mi ham multivitamin hapdorilariga qaraganda ancha yaxshiroq.

3. Kinoa

Bu o‘ta ommabop boshoqli o‘simlik multivitaminlarning o‘rnini yolg‘iz o‘zi bosa oladi.

Aniqroq qilib aytganda, kinoa — boshoqli o‘simlik emas, balki lavlagilar, ismaloqlar va mangoldalar oilasiga kiruvchi don hisoblanadi. Bu mayda donchalar tarkibida yurak uchun foydali yog‘lar, shu jumladan foli kislotasi, marganets, magniy, temir, mis, fosfor va ruxlarni o‘z ichiga oluvchi ozuqaviy moddalar mavjud.

Kinoadagi antioksidantlar, shuningdek yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega bo‘lgan moddalar miqdori klyukvadagidan ko‘ra ko‘proqdir.

4. Fermentlangan oziq-ovqatlar

Tuzlangan bodring, tuzlangan karam va koreys karami kimchi — laktobakteriyalar (achigan sut bakteriyalari) deb ataluvchi foydali bakteriyalarning mashhur manbalari hisoblanadi.

Bu oziq-ovqatlar bakteriyalarning faqat shu turi yashay oladigan haqiqiy tuzli suvda saqlanadi.

Fermentlanish jarayoni bu sabzavotlarda vitaminlar va enzimlar miqdorini oshiradi. Demak, siz ulardan C, B guruh vitaminlari va zarur aminokislotalar — lizin va metioninlarni olishingiz mumkin.

5. Suv o‘tlari

Suv o‘tlari tarkibida juda ko‘p foydali moddalar mavjud. Ularning tarkibi bizning organizmimiz uchun zarur bo‘lgan 56 minerallardan tashkil topgan.

Suv o‘tlari — tarkibida B12, A, K, C va E vitaminlari bor, hayvonlarga oid bo‘lmagan birdan-bir oziq-ovqat hisoblanadi.

Suv o‘tlaridagi kletchatkalar yallig‘lanishga, saratonga, virusga qarshi kurashish va organizmdan og‘ir metallarni chiqarish xususiyatlariga ega.
Manba: Daryo.uz
Категория: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar | Добавил: Админ (08 Фев 2018)
Просмотров:   | Комментарии: 0 | Теги: Multivitaminlar o‘rnini bosuvchi 5 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]