Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Nafas olishni engillashtiruvchi 7 xona guli
Nafas olishni engillashtiruvchi 7 xona guli

Nafas olishni engillashtiruvchi 7 xona guli

Nafas olishni engillashtiruvchi 7 xona guli
NASA va AQSh landshaft pudratchilari uyushmasi kosmik ob`ektlarda havoni tozalashning turli xil usullarini o`rganishdi. Kuzatishlar natijasida, bir necha xil gullar kosmik obektlarda ham, uy sharoitida ham havoni a`lo darajada tozalashi aniqlanadi. E`tiboringizga ana shugullar ro`yxatini taqdim etamiz.

1.Oshxona uchun

Azaliya guli nafaqat go`zalligi bilan ko`zni quvontiradi, balki oshxonada ishlatiladigan idish yuvish vositalari tarkibidagi formaldegid va benzolni o`ziga yutib, havoni tozalaydi.

2. Bolalar xonasiga

Gerbera guli bolalar xonasidagi plastmass o`yinchoqlar, sintetik tolalar tarkibidagi zararli moddalardan bolalarni himoya qiladi.

3. Mehmonxona

Benjamin fikusi havoni yaxshi namlantirib, ammiak, formaldegid kabi moddalardan xonani tozalaydi. Shuningdek, bu gulni printer va hujjatdan nusxa ko`chirish moslamasi (kseroks) oldiga quysangiz, ulardan chiqayotgan ksilola, toluola moddalari sizga zarar keltirmaydi.

4. Yotoqxonaga.

Insoniyat aloe vera guli bilan do`stlashganiga 6000 yildan oshdi. Misrda bu o`simlikni hatto mangulik guli deb nomlashgan. Shundan buyon bu gul tabobatda keng ishlatilib kelinadi. Aloe guli kechasi o`zidan kislorod chiqarib, karbonat angidrid gazini yutadi, siz esa toza havoda orom olasiz.

5.Ish xonasi

Kaktus guli boshqa gullarga qaraganda kompyuterdan tarqalayotgan elektromagnit nurlaridan himoya qiladi.

6. Dahlizga

Soyani xush ko`ruvchi koleus guli, doimiy o`g`itlash va ko`chirib o`tkazishlarga ehtiyoj sezmaydi. Elvizakni ham yaxshi qabul qiladi. Havoni a`lo darajada tozalab, rang-barangligi bilan dahlizga zeb beradi.

7.Uyning ayvon єismi

Geran guli havoni dezinfeksiya qilib, uni bakteriyalardan va kuyadan himoya qiladi. Guldan chiqayotgan efir hidlari butun ayvonni qoplab, dam olib o`tirishingizuchun zamin yaratadi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: