Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » O‘z-o‘ziga ishonch qanday paydo bo‘ladi?
O‘z-o‘ziga ishonch qanday paydo bo‘ladi?

O‘z-o‘ziga ishonch qanday paydo bo‘ladi?

O‘z-o‘ziga ishonch qanday paydo bo‘ladi?
Hayotda shunday odamlar bo‘ladiki, ular mag‘rur, boshini baland ko‘tarib, ertangi kunga ishonch bilan va hayotdan nima istashini aniq bilgan holda yashaydi. Agar siz bunday baxtli odamlar qatorida bo‘lmasangiz, hayotga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartirish va o‘zingizga ishonishni boshlashning ayni vaqti. Biz esa bunga yordamlashamiz.

Hamma narsani yuragingizga yaqin olavermang

Avvalo hayotga, muammolaringizga va qiyinchiliklarga oddiy qarashga o‘rganing, har doim o‘zingizga ayting va maqsad qilib qo‘ying:

“Yechib bo‘lmaydigan masalalar yo‘q! Mening qo‘limdan keladi! Bu oddiy-ku! Faqat biroz vaqt kerak va hammasi yaxshi bo‘ladi!” Juda oddiy bo‘lib ko‘rinsa-da, lekin maqsadni to‘g‘ri belgilash – bu 70% muvaffaqiyat demak.

O‘z imkoniyatlaringizga ishonishni boshlang!

Yana bir xato – o‘z kuchiga va mahoratiga ishonmaslik. Biz ko‘pincha o‘zimizni biznikiga o‘xshagan muammolarini yecha olmagan boshqa odamlarga solishtiramiz. Oxirida aytamiz: “Uning qo‘lidan kelmagan, demak, mening ham qo‘limdan kelmaydi”.

Lekin kimdir o‘z muammosini hal qila olmagan bo‘lsa, u holda sizda ham xuddi shunday bo‘lishi mumkinligi asossiz fikr. Chunki, har bir odam boshqalarga o‘xshamagan o‘ziga xos bilim va qobiliyatga ega.

Oldingi muvaffaqiyat va g‘alabalaringizni ko‘proq eslang

Maktab yoki talabalik yillaringizni eslaysizmi? Balki siz musobaqalarda va olimpiadalarda qatnashgandirsiz? O‘tmishdagi tajribalaringizni hozirgi paytga ko‘chirishga harakat qiling.

Har doim o‘z oldingizga maqsad qo‘ying, rejalar tuzing, ularni bajarishga muddat belgilang, to‘xtab qolmang va shu tariqa o‘zingizga hurmat paydo bo‘ladi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: