Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Og’ir damlardan qanday chiqib ketish mumkin?
Og’ir damlardan qanday chiqib ketish mumkin?

Og’ir damlardan qanday chiqib ketish mumkin?

Og’ir damlardan qanday chiqib ketish mumkin?
Shunday paytlar bo’ladiki, inson qo’llari biron narsa qilishga ojizlik qiladi. Qo’rquv, nafrat ortidan turli ruhiy qiyinchiliklar, og’ir stresslar birin – ketin kela boshlaydi. Xuddi ozgina damdan so’ng aqldan ozadigandek his qilasiz o’zingizni. Bunday vaziyatda qanday qilib tinchlanish va barchasini qaytadan o’z qo’lingizga olishingiz, yashashda davom etishda kuch topa olishingiz mumkin? Bugun Gooper.uz da qiyin damlarni ortda qoldirishingizda sizga asqotadigan maslahatlarni taqdim etmoqchimiz. Marhamat.

1. O’zingizni xursand bo’lishga o’rgating.

Insondagi xursand bo’lish xislati ham bir odat hisoblanadi. “Agar siz sodir bo’layotgan hodisalardan ijobiy, quvnoq tomonlarini ko’ra olmasangiz hamda faqatgina yomon narsalar xotirangizda qoladigan bo’lsa, yaxshi yangiliklarga javob beruvchi neyron yo’llari yopiladi” – deydi psixoterapevt Filippo Peri.
Agar miya yaxshi xabarlarni qabul qilmay qo’ysa, bunday neyron yo’llarni o’zi mustaqil hosil qila olmas ekan. Oddiy so’z bilan aytganda biz ichki hislarimizni o’zimiz dasturlashtiramiz. Optimizm – amaliy ish. Nima bo’lganda ham bo’layotgan voqealardan pozitiv onlarni izlab topish, quvnoq damlarni payqash va ularni xotirada saqlab qolish – sizni a’lo kayfiyatda bo’lishingizni kafolatlaydi.
Pozitiv tuyg’ularni uyg’otish uchun esa siz har ishda o’zingizga “bu ishda qanday yaxshi jihat bo’lishi mumkin” deb savol bering.

2. Yomon ham xuddi yaxshidek qadrli.

“Asosiysi siz o’zingizga yoqmaydigan hislarni qabul qiling, undan qochib yurish yaramaydi. “ – Filippo Peri. Adabiyot bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori, taniqli amerikalik yozuvchi: “Men o'zimga tegishli bo’lgan va men his qilayotgan narsalarni his etishni xohlayman. Hatto, u baxtsizlik bilan bog’liq bo’lsa ham. Chunki, sen senda bor bo’lgan barcha narsaning o’zisan” - degan ekan. Sizni qiynayotgan fikrlardan qochib qayerga ham borish mumkin. Eng yaxshisi ularni tan olib, qabul qilib, kelgusida bunday bo’lmasligi uchun foydali xulosalar chiqarish lozim.

3. Devorga zarba bergandan ko’ra taslim bo’lgan afzal.

1934 – yilda chop etilgan, “Hayotni qanday boshqarish mumkin” deb nomlanuvchi juda eski kitobda Jeyms Gordon Gelki ajoyib maslahat yozib qoldirgan. Agar biz hayot qiyinchiliklariga duch kelsak, avval bu qiyinchiliklarga nima sabab bo’lganligini tushuntirishga harakat qilamiz. Albatta, bu o’ylar oxiri o’zimizni koyish bilan tugallanadi. “nimaga ko’pchilik uchun bu shunchalik qiyin?” – deya so’raydi muallif o’z asarida. “Chunki bolaligimizdan bizga g’alaba – bu kurash va zafar quchish deb aytilgan. Yoshlik davrida shunday bo’ladi ham. Yoshlikda duch keladigan qiyinchiliklar abadiy emas, yoshlik jasorati hamda metin iroda tujayli bunday mashaqqatlar yoshlik davrida yengiladi. Ammo yosh o’tishi bilan vaziyat boshqacha ko’rinish oladi. Bunday damlarda biz o’zimizni xuddi to’rt devor bilan o’ralgan kichik qamoqchaga tushib qolgandek, ushbu devorlarni hech qanday zarb bilan buzib bo’lmaydigandek his qilamiz. Bu devorlarda bizning yaxshilik kunlarimiz ham baxtsiz damlarimiz ham mavjud. Maslahatim shuki, ushbu devorlarni zarba bilan emas, balki ularni o’zingizga qabul qilgan holda mahv eting.” – Jeyms Gordon Gelki.

4. Diqqatingizni o’zingizdan atrofdagilarga qarating.

Ya’ni o’zingizga nimani tilasangiz boshqalarga ham shuni ravo ko’ring. Ularning muammolari ham siznikiga o’xshash ekanligini unutmang! Suratdagidek bo'lib qolmang)))

5. Qo’rqmang, aksincha seving.

Barchamizning his – tuyg’ularimiz umumiy ikki turga bo’linadi: sevgi va qo’rquv. Ikkovi bir vaqtning o’zida mavjud bo’la olmaydi. Turli vaziyatlarda tanlovga duch kelamiz: sevish(ishonish, qabul qilish, berish, g’amxo’rlik qilish) yoki qo’rqish(ishonchsizlik, qochish, olib qo’yish, xujum qilish). Agar siz sevgini tanlasangiz vujudingizni qo’rquvdan xalos etgan bo’lasiz, ammo aksi bo’lsa, hayotingizda sevgiga o’rin qolmaydi va barcha narsa qo’rquvdan iborat bo’lib qoladi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: