Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Oshxonada asqotadigan foydali maslahatlar
Oshxonada asqotadigan foydali maslahatlar

Oshxonada asqotadigan foydali maslahatlar

Oshxonada asqotadigan foydali maslahatlar
Maqolada uy bekalari uchun oshxonada qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan tavsiyalar bilan o‘rtoqlashamiz.

Tuxumning oqini uning ikki tomonidan igna bilan teshib ajratib olsa bo‘ladi. Tuxumning sarig‘i esa uning ichida qoladi.
Po‘sti bilan qaynatilgan kartoshka yorilmasin desangiz, uni bir-ikki joyidan teshing.
Qovurilgan kartoshkaning ta’mini yaxshilash uchun unga 1 choy qoshiq xantal qo‘shing.
Parranda go‘shtini qovurishda tayyor bo‘lishidan biroz oldin tuzli suv sepsangiz yanada mazali bo‘ladi.
Muzlatilgan baliqni tezroq eritmoqchi bo‘lsangiz, plastik paketdagi iliq suvga solib qo‘ying.
To‘yimliligi va ta’mini saqlab qolish uchun loviya qaynab chiqqanidan keyin suvini to‘kib yana boshqa suv va o‘simlik yog‘i solib qaynating.
Baliq bo‘laklari yoyilib ketmasligi uchun qovurishdan oldin tuz seping, unga yaxshilab belab oling va qizigan yog‘ga soling.
Archilgan olmalar qoraymasin desangiz, ularni tuzli sovuq suvga solib qo‘ying.
Ko‘pchigan xamir yanada oshib ketmasligi uchun qog‘ozni ho‘llab silkitib tashlang va xamirni o‘rab qo‘ying.
Qayladagi qaymoq yumaloqlanib qolmasin desangiz, ishlatishdan oldin uni ozroq sut solib suyultiring.
Oldindan sovitilgan tuxum oqi yaxshi ko‘piradi. Sarig‘ini esa ishlatishdan oldin sal isitib oling.
Limon kislotasi guruchni oppoq va dona-dona qiladi.
Xamirning ichidagi mayizlar bir tekisda joylashishi uchun, ishlatishdan oldin uni issiq suvda yuving va un seping.
Mankani tayyorlashdan oldin bir necha marta yuvsangiz pishirishda yumaloq bo‘lib qolmaydi.
Baliqning tangachalarini suv tagida tozalash osonroq.
Yaxshi pishmaydigan go‘shtni sho‘r suv, kvas, sirka yoqi qatiq solib ivitib qo‘ysangiz yumshoq bo‘lib pishadi.
Qovurishdan oldin xom go‘shtga o‘simlik yog‘i surib qo‘ysangiz chiroyli bo‘lib pishadi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: