Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Ovulyasiya Haqida Bilish Kerak Bo'lgan Narsalar (Muhlis Talabiga Binoan)
Ovulyasiya Haqida Bilish Kerak Bo'lgan Narsalar (Muhlis Talabiga Binoan)

Ovulyasiya Haqida Bilish Kerak Bo'lgan Narsalar (Muhlis Talabiga Binoan)

Ovulyasiya Haqida Bilish Kerak Bo'lgan Narsalar (Muhlis Talabiga Binoan)

Har bir ayol ovulyasiya haqida
qandaydir ma'lumotga ega bo'lishi
kerak. Homilador bo'lish uchun u
juda muhim bo'lsa,
homiladorlikdan saqlanish
maqsadida ham undan xabardor
bo'lish kerak. Ovulyasiya haqida
eng dolzarb savollarga javob
olamiz.
1. Nega menga ovulyasiya
kunlarini bilish kerak?
Ovulyasiya homilador bo'lish
uchun eng muhim davr
hisoblanadi. Normada ayolda bir
hayz sikli davomida o'rtacha 6
kun ichida urug'lanish imkoniyati
mavjud bo'ladi. Aynan shu
kunlarda jinsiy aloqa yuz bersa,
ayol homilador bo'lish ehtimoli
mavjud bo'ladi.
Ovulyasiya kunlarini bilish
ayniqsa, bepushtlik muammosi
yuz berganda, jinsiy aloqalar
muntazam bo'lmaganda, hayz sikli
har xil bo'lganida juda muhim
bo'ladi. Shunda homilador bo'lish
uchun barcha harakat aynan o'sha
o'vulyasiya kunlariga qaratilgan
bo'lishi talab etiladi.
2. Qanday qilib ovulyatsiya
bo'layotganidan xabar topishim
mumkin?
Ba'zi ayollar o'zidagi gomonal
o'zgarishlarni kuzatish jarayonida
o'z ovulyasiya kunlarini ayta
oladilar. Bu o'zgarishlarga bel
og'rishi, qindan ko'proq suyuqlik
ajralishi va boshqalar kiradi. Lekin
bu alomatlar orqali ovulyasiyani
aniq belgilab bo'lmaydi.
Undan tashqari aptekada
sotiladigan ovulyasiya testlari va
Ultra tovushli diagnostika
ovulyasiya bo'layotganini aniq
ko'rsatishi mumkin.
3. Bazal harorat nima degani?
Bazal harorat dumba kirish joyi
(anus) dagi haroratga aytiladi. Bu
haroratning o'zgarishiga qarab
ham ovulyasiyani aniqlash
mumkin. Chunki ovulyasiyaga
sababchi progesteron gormoni
tana haroratini oshiradi.
Bazal harorat orqali ovulyasiyani
bilish:
Har kuni ertalab o'rindan
turmagan holda o'z bazal
haroratingizni o'lchaysiz va bir
joyga yozib qo'yasiz. Ovulyasiya
yaqinlashayotganda shu harorat
asta ortishni boshlaydi. Aynan
harorat ortishidan 1-2 kun keyin
siz urug'lanish uchun moyilsiz.
Harorat oshishini prognoz qilish
uchun bazal harorat kamida 3 oy
davomida kuzatilib yozib borilishi
kerak. Shunda keyingi siklda
tahminan harorat ko'tarilishi
kuzatilishidan so'ng jinsiy aloqada
bo'lish homiladorlikka olib kelilshi
mumkin. Haroratning
ko'tarilgandan so'ng pasayishi
ovulyasiya o'tib ketganidan dalolat
beradi. (Ko'tarilish va pasayish
odatda 0.4-0.6 darajani tashkil
etadi)
4. Ovulyasiya kunlarini bilib
homiladorlikdan saqlansam
bo'ladimi?
Ba'zi ayollar homilador bo'lmaslik
uchun ovulyasiya kunlarini bilib,
shu kunlarda jinsiy aloqa
qilmaslikka, yoki shu kunlari
qo'shimcha saqlanish
vositalaridan foydalanishga amal
qiladilar. Afsuski, bu yo'l
homiladorlikdan saqlanish uchun
qo'l kela olmaydi. Chunki
ovulyasiya sodir bo'lishi
organizmning umumiy gormonal
holatiga bog'liqdir. Hattoki,
asabiylashish ham rejadagi
ovulyasiya kunlarini o'zgartirib
yuborishi mumkin.
5. Ovulyasiya kunlarini kutib aynan
o'sha kunlar oralig'ida jinsiy
aloqada bo'lsam, homilador
bo'lishim aniqmi?
Albatta homilador bo'lish uchun
ayolda ovuyasiya bo'lishi darkor.
Lekin undan tashqari erkakning
salomatligi, ayoldagi boshqa
gormonal holatlar va jinsiy
kasallliklar mavju bo'lmagani
muhim ahamiyatga ega. Shuning
uchun homiladorlikka tayyorgarlik
ko'rayotgan ayollar ovulysiyaga
bog'lanib qolib fikri-hayoli uni
hisoblab, aynan o'sha kunlari
aloqada bo'lishni mo'ljallab
stressga tushmay, o'z hayotlarini
har doimgidek davom etishlari
kerak. Stress, ba'zida ovulyasiya
bo'lmasligini ham keltirib
chiqaradi.
Ayol umuman ovulaysiya kunlarini
tahminan bilib, shunga muvofiq
yo'l tutishi maqsadga muvofiq
bo'ladi. Lekin ertayu-kech barcha
harakatini ovulyasini hisoblashga
qaratib yurgan ayollarda
asabiylashish kuchli bo'lib,
homiladorlik yuz berishiga
ba'zida to'sqinlik qilishi ham
mumkin.


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: