Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Ozish uchun oson yo'l (Allen Karr maslahati)
Ozish uchun oson yo'l (Allen Karr maslahati)

Ozish uchun oson yo'l (Allen Karr maslahati)

Ozish uchun oson yo'l (Allen Karr maslahati)
Dunyoga o'zining ozish haqidagi va boshqa kitoblari bilan mashhur yozuvchi Allen Karrning "Ozishning oson yo'li" kitobiga asoslangan maslahatlar.
Bizga ma'lumki, ozish uchun kam yeyish emas to'g'ri ovqatlanish zarur. Ya'ni hammamiz biladigan semirtiradigan mahsulotlardan voz kechish vazn kamayishiga olib keladi. Semirtiradigan kalloriyasi ko'p mahsulotlar bu - shokolad, yog'liq go'sht, shirinliklar, non va non mahsulotlari va hokazolardir. Allen Karr bu tamoyilga qo'shimcha qilib bir qator maslahatlar beradi. Ularning ba'zilarini keltirib o'tamiz:
Ozishni niyat qilgan odam kuniga 3-4 mahal ovqatlanishi kerak. Muhimi shundaki, shu ovqatlanish vaqti orasida suyuqlikdan boshqa hech nima yemaslik kerak.

Ertalabki nonushta faqat mevalardan iborat bo'lishi kerak.

Bir o'tirishda to'yib ketguncha emas, balki yetarlicha yeyish lozim. To'yish hissi paydo bo'lishi ko'p yeyilganidan dalolat beradi. Yetarlicha yeyishga esa o'z vazningizdan kelib chiqqan holda ma'lum bir portsiyani yeyish tushuniladi. Yetarli portsiya hajmini aniqlash uchun hozirgi yeyayotgan portsiyangizni asta-sekin kamaytirib borish kerak. Shunda to'qlik hissigacha olib kelmaydigan hajm siz uchun yetarli portsiya hisoblanadi. Undan ortig'i organizmingizga kerak emas.

Ora-orada shirinlik, pechenye, pista, qurt, sho'r danaklar kabi yengil yeguliklardan qo'rqish kerak. Ular birinchidan, ishtahani keskin ochib yuboradi, ikkinchidan, ularni yeganda to'xtash qiyin bo'ladi. Shunda siz qorningiz ochgani uchun emas, shu yeguliklar oshqozonni qo'zg'atib yuborgani uchun bemahalda ovqatlanishni istab qolasiz.

Qorin haqiqatan ochganda ovqatlanish haqiqiy lazzat keltiradi. Shunda to'yish hissi ham tez keladi. Qorin o'chmay turib shunchaki ora-orada yeb yurgan holda ovqatlanganda esa to'qlik hissi kelishi juda qiyin bo'ladi.
Yuqoridagi tamoyillar oddiyga oxhsgani bilan aslida juda samaralidir. Ulardan ozish uchun emas, balki doimiy ravishda sog'lom hayot tarzida yashash uchun foydalanish kerak. Shunda natija dietalar va'da qilgandek 1 oyda yoki 1 haftada emas, balki butun umr mobaynida sizni xursand qiladi.
Manba: The easy was to LOSE WEIGHT (Allen Carr)a

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: