Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​Parhez haqida afsona va haqiqatlar
​Parhez haqida afsona va haqiqatlar

​Parhez haqida afsona va haqiqatlar

​Parhez haqida afsona va haqiqatlar
Ortiqcha vazndan xalos bo`lish yo`lida nima rostdan ham yordam beradi, qaysi usullar shunchaki uydirma?

1. «HAR QANDAY YoG` — ZARAR!»

Buni tamoman to`g`ri deb bo`lmaydi. Yog`larning foydalisi ham, zararlisi ham bor. Masalan, margarin va aralash yog`lardan tayyorlangan mahsulotlar haqiqatan ham vazn ortishiga hissa qo`shadi. Biroq zaytun moyining kaloriyasi ko`p bo`lgani bilan vaznga ta`sir qilmaydi. Bundan tashqari, zaytun moyidagi kam miqdordagi yog` kislotalari metabolizm (moddalar almashinuvi) jarayonida muhim ishtirokchi hisoblanadi.

2. «AGAR «SUYaGI OG`IR»LARDAN BO`LSANGIZ, SIZGA PARHEZ YoRDAM BERA OLMAYDI».

Bu quloqqa ishonarli eshitiladigan gap emas! «Og`ir suyaklar» bo`lmaydi. Barcha ayollarda suyaklar og`irligi butun tana vaznining 10-12 foizini tashkil qiladi. (Masalan, o`rtacha 65 kg. vazndagi tana suyaklari 6,5 dan 7,8 kg.gacha bo`lishi mumkin) Agar sizga ozdiruvchi parhezlar kor qilmayotgan bo`lsa, aybni suyaklarga to`nkash yaramaydi.

3. «QANChA KO`P TERLASANG, ShUNChA TEZ OZASAN».

Mutlaqo yanglish tushuncha! Sport bilan shug`ullanish natijasida ortiqcha ter ajralishi ozishga olib kelmaydi. Kishi zo`r berib terlaganda, uning organizmidan yog` emas, namlik ajraladi. Sportzaldan chiqqach, tarozi vaznni 200-300 gramm kamroq ko`rsatganiga quvonmang, bu shunchaki ajralgan suyuqlik og`irligi. Yog` qatlami esa, afsuski, qimirlamay turaveradi. Sauna ham xuddi shunday. Ko`pchilik ta`kidlaganidek, uning tanadagi «yog`larni eritish» xususiyati yo`q.

Darvoqe...

Sport har qanday parhezning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Sport yordamida sarvdek qomatga ega bo`lasiz. Biroq ba`zan vazn ortishi kuzatiladi. Axir mushaklar yog`dan ko`ra og`irroq-da!

4. «OZIShNING ENG SAMARALI USULI — «OG`IZNI TIKIB QO`YISh»

Albatta yo`q! Bu shafqatsiz tadbirga amal qilishning o`zi bo`lmag`ur gap. Albatta, kam ovqatlanish hisobiga yo`qotilganlarni qoplash uchun organizm o`z zahirasini ishga tushiradi. Biroq, yodda tutingki, bu zahiraga mushaklar to`qimasi ham kiradi. Agar etarli darajada quvvat olmasangiz, oqsillar qabul qilmasangiz, o`zingizda holsizlik, zaiflik seza boshlaysiz. Mana shuning uchun ham organizm parhez tutishga asta-sekin ko`niktirilib boriladi.

5. «AGAR SPORT BILAN ShUG`ULLANSANGIZ, ISTAGAN NARSANGIZNI EYIShINGIZ MUMKIN».

Afsuski, bunga ham ishonib bo`lmaydi. Shubhasiz, sport bilan shug`ullanish kaloriyalarni yo`qotish, demakdir. Ming afsuski, bu yo`qotish sizu biz istagan darajada bo`lmaydi. Yo`lakchada yarim soat yugursangiz, 300 kaloriyadan xalos bo`lasiz. Bir bo`lak keksning kaloriyasi ham xuddi shunchaga teng. Shunday ekan, ozmoqchi bo`lgan «sportchi»ga o`zini «hamma narsa bilan siylash» huquqi berilmagan. Faqat sport mashg`ulotlari parhez bilan birgalikda olib borilsa, samarasi juda yuqori bo`ladi. Mashg`ulotlar davomida mushaklar chiniqadi, moddalar almashinuv jarayoni yaxshilanadi, va albatta kaloriyalar sarfi tezlashadi.

6. «ANANAS OZIShGA YoRDAM BERADI».

Qisman to`g`ri. Bu ekzotik meva parhez uchun juda mos. U o`ta kamquvvat (kam kaloriyali), 100 grammida bor-yo`g`i 30 kkal mavjud. Ananasda «yog`larga o`t qalovchi» nomi bilan mashhur bromelayn fermenti bor. Ayollar mevaning aynan shu yutug`iga ishonib, mevali parhez tutishga kirishadilar. Aslida bu ferment yog` kislotalariga emas, oqsillarga hujum qilishi haqida esa ko`pchilik bilmaydi. Boshqacha so`z bilan aytganda, bromelayn mushak to`qimalari uchun qurilish materiali bo`lgan oqsillarni emirib, tanadagi ortiqcha yog`larni bevosita parchalamaydi. Ananas shunchaki mazali parhez meva hisoblanadi.

7. «KARTOShKA SEMIRTIRADI».

Ham to`g`ri, ham noto`g`ri. Kartoshka fri, chips va qovurilgan kartoshka ortiqcha yog`larni shimib olgan «yog`li bombachalar» kabidir. Biroq qaynatilgan va dimlangan kartoshka, bo`tqalar hatto ozishga yordam berishi mumkin. Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, kartoshka tanadagi insulin darajasini oshiradi. Agar parhez tutayotgan bo`lsangiz, kartoshkali garnirni kechqurun iste`mol qilmaganingiz ma`qul.

AZIZA tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: