Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Pigment dog`lar va sepkillarni oqartirish uchun niqoblar
Pigment dog`lar va sepkillarni oqartirish uchun niqoblar

Pigment dog`lar va sepkillarni oqartirish uchun niqoblar

Pigment dog`lar va sepkillarni oqartirish uchun niqoblar
Eslab qoling, yuz terisidagi dog`larni ketkazish uchun qulay vaqt bu – ertalabki soat 10:00 dan 12:00 gacha; tushlikdan so`ng soat 16:00 dan 18:00 gacha va kechki payt soat 22-23 oraliqlari.

Petrushka

Bir bog` barra petrushka ko`katini go`shtqiymalagichdan o`tkazib, hosil bo`lgan sharbati bilan birga namlangan yuz terisiga surting. 15 daqiqadan so`ng iliq suvda chayib olasiz. Niqob ta`sirini oshirish uchun oziqlantiruvchi krem surtishni unutmang.

Sut va ko`kat

Yarim piyola sutga shuncha miqdorda petrushka ko`kati sharbatini qo`shing. Masalliqlarni yaxshilab aralashtirgach, yuzdagi dog` yoki sepkil ustidan surtib chiqing. 10 daqiqadan so`ng iliq suvda chayib oling.

Bodom

2 osh qoshiq bodom mag`zi ustidan yarim stakan qaynoq suvni quying-da, 5 daqiqaga qoldiring. So`ngra suvini to`kib tashlab, bodomni go`shtqiymalagichdan o`tkazing. Hosil bo`lgan aralashmaga yarimta limon sharbati va 2 osh qoshiq qaynatilgan suv qo`shib, aralashtiring. Niqobni yuz terisiga tekis surtib, 15 daqiqaga qoldiring. Avval iliq, so`ng sovuq suvda chayib oling.

Bodring

Bitta bodringni qirg`ichdan o`tkazing. Hosil bo`lgan sharbati bilan birga yuzingizga surtib, 15 daqiqa shu holatda qoling. Niqobni tozalashda avval paxta bilan bir sidra artib, so`ngra iliq suvda chaying.

Kartoshka va o`simlik yog`i

Bitta kartoshkani archib, qirg`ichning mayda tishidan o`tkazing. Sabzavot bo`tqasiga yarim choy qoshiq o`simlik yog`ini qo`shing. Aralashmani yuzdagi dog` yoki sepkil ustidan tekis surtib, 15-18 daqiqaga qoldiring. Niqobni yuvib olgach, yuz terisini namlantiruvchi krem surting.

Suli yormasi va sut

1 osh qoshiq suli yormasini yarim stakan iliq sut bilan aralashtiring. Hosil bo`lgan bo`tqani yaxshilab, ezg`ilang. So`ngra yuzingizga surtib oling. Suli yormasi tarkibidagi foydali moddalar teri kataklarini tozalab, tekislaydi.

Ko`k choy

Bu yuz terisi rangini oqartirishning eng oson usullaridan biri. Suyuq damlangan ko`k choyga paxtani xo`llab, yuzingizni arting. Bir marotaba artgach, teri qurimasidan yana bir marta muolajani takrorlang.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: