Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Pishib o‘tib ketgan banandan tayyorlanadigan yegulik va ichimliklar
Pishib o‘tib ketgan banandan tayyorlanadigan yegulik va ichimliklar

Pishib o‘tib ketgan banandan tayyorlanadigan yegulik va ichimliklar

Pishib o‘tib ketgan banandan tayyorlanadigan yegulik va ichimliklar
Qoraygan, dog‘ bosgan, ezilgan — bunday bananlar hech qachon ishtahani ochmaydi. Lekin ular nonushta yoki shirinlik tarkibida sizning maxfiy qurolingizga aylanishi mumkin, chunki bu pishib ketgan bananlardagi ko‘p miqdorli shakarli pishiriqlardagi shakar o‘rnini bosa oladi. Shuningdek yuqori darajadagi namlik retseptlardagi yog‘lar miqdorini kamaytirishga yordam beradi.

Keyingi safar oshxonangizda qoraygan bananlarni ko‘rsangiz, bu qimmatli masalliqdan retseptlaringizda foydalaning.

Sutli kokteylni eslatuvchi smuzi

Muzlatilgan pishib o‘tib ketgan bananlar smuzilar uchun juda mos. Dasturxonda pishib o‘tib ketgan bananlarni ko‘rib qolsangiz — ularni po‘chog‘idan tozalang, dumaloq shaklda kesing va muzxonaga qo‘ying.

Sersuv bananli non

Bu shirinlik uchun ezilgan bananlar juda mos keladi. Unchalik pishmagan mevalar esa aksincha, pishiriqni buzadi. Retseptingizga golubika qo‘shing, ustiga jigarrang shakar seping va mukammal bananli nonlar tayyor bo‘ladi!

Foydali pechenyelar

Ezilib pishib ketgan banan va suli yormasi pechenyedagi un va shakarning o‘rnini bemalol bosadi. Biroz shokolad maydalari va bodom yog‘i qo‘shsangiz bu pechenyeni dunyodagi eng foydali pechenye deb hisoblasa ham bo‘ladi.

Sutsiz muzqaymoq

Bananlar — uyda tayyorlanadigan muzqaymoqlar uchun eng yaxshi o‘rin bosuvchi hisoblanadi. Ba’zilar muzqaymoq sifatida muzlagan bananning o‘zini hech qanday qo‘shimchalarsiz yeyishni xush ko‘rishadi. Retseptni yong‘oq yog‘i, shokolad va hatto protein kukuni yordamida qiziqarliroq qilish mumkin.

Bananli oladyilar

Yengil va foydali nonushtaga nima tayyorlashni o‘ylayotgan bo‘lsangiz banan, tuxum va bir chimdim limon qobig‘idan tayyorlangan ziravorlardan oladyi pishirsangiz bo‘ladi! Bu nonushta kaloriyasi kam, lekin foydali moddalarga juda boy hisoblanadi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: