Plastik derazalar zararlimi?

Plastik derazalar zararlimi?

Plastik derazalar zararlimi?
O‘zi yashaydigan uyga plastik derazalar o‘rnatmoqchi bo‘lgan ko‘pchilik odamlarni hozirgi vaqtlarda aholi o‘rtasida juda ommabop bo‘lib ketgan bunday derazalar zararlimi? — degan savol qiziqtiradi.

Plastik derazalarning asosiy afzalligi – uy ichidagi issiqlikni samarali tarzda saqlaydigan va tashqaridagi sovuq havoning kirishiga yo‘l qo‘ymaydigan yuqori zichlik hisoblanadi. Tashqi ko‘rinishining yoqimliligi, maxsus parvarish talab qilmasligi plastik deraza ixlosmandlarini ancha oshiradi.

Avvalo plastik derazalarni zararli deb hisoblashga uning PVX profili sababchidir. PVX shartli belgilari polivinilxlorid deb o‘qiladi. Ba’zi odamlarning fikricha, u o‘zidan zararli moddalar ajratish xususiyatiga ega.

Haqiqatan ham plastik o‘zidan juda xavfli zaharli modda – dioksin ajratib chiqaradi. Lekin bunday salbiy ta’sir Selsiy bo‘yicha 225—475 darajali haroratda yuzaga keladi. Tabiiyki, quyoshning hatto juda kuchli qizdirish holatlarida ham bunday ko‘rsatkichlarga erishishning imkoni yo‘q.

Mutaxassislarning aytishicha, zamonaviy yuqori sifatli plastik derazalar ishlab chiqarish uchun ekologik jihatdan toza materiallardan foydalanilishini inkor qilib bo‘lmaydi.

Kimyoviy sintez mahsuloti hisoblanuvchi polivinilxlorid (PVX) etilen (43%) va osh tuzidan olinadigan xlorli bog‘lanish (57%)dan tashkil topgan.

Derazalar yuzasi bir qator zarur xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. Ularga ob-havo ta’sirlariga yuqori chidamlilik, yuzasining silliq bo‘lishi, yorug‘likka chidamlilik, yoqimli rangga ega bo‘lish xususiyatlari kiradi.

Shunday qilib, plastik derazalar faqat juda yuqori haroratdagi yong‘inlardagina inson salomatligi va atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari polivinilxlorid qiyin yonadigan materiallarga kiradi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: