Qaysi fasl malagisiz?

Qaysi fasl malagisiz?

Qaysi fasl malagisiz?
Insonlar tanasi, ko`zi va sochlari rangiga qarab, 4 faslga bo`linadi: qish, bahor, yoz yoki kuzga. O`zingizga mos kiyim tanlab kiyishdan avval qaysi faslga tegishliligingizni aniqlab oling. Ana undan so`ng quyidagi jadvallarga qarab kiyim xarid qilavering.

1. Qish

Qish fasliga oid insonlar to`q rangli soch va yorqin tashqi ko`rinish bilan ajralib turadi. Qish ayollarining kunlik garderobi kontrast ranglardan iborat bo`lishi kerak. Masalan qora rangli kiyimlarni yorqin pushtirang, sariq yoki yashil rangli liboslar bilan moslashtirib kiysalar juda yarashadi. Sovuq qish ayollarining chiroyi, ayniqsa, to`q ko`k rangli kiyimlar bilan yanada go`zallashadi. Uni oq va qizil ranglar bilan uyg`unlashtirib kiysalar maqsadga muvofiq bo`ladi.

2. Bahor

Bug`doy rang sochli, shaftolirang yoki sutrang terili, ma`nodor ko`zli bahor ayollariga esa tabiiy go`zalligiga urg`u berish maqsadida, moviyrang, o`rikrang, binafsharang kiyimlar juda yarashadi. To`q ranglar bilan esa ehtiyotkorroq bo`lishlariga to`g`ri keladi. To`q ranglarda siyohrang va to`q shokolad rangli liboslar bilan cheklanganlari ma`qul.

3. Yoz

Yoz ayollarini rangi oftobda toblangandek, sochlari malla va ko`zlari kulrang bo`ladi. Ular odatda yuqori did bilan kiyinadilar. Yoz ayollari garderobida ko`zga tashlanuvchi rangli kiyimlar bo`lmagani ma`qul. Xira och ranglar ularga juda yarashadi. Yoz ayollari bemalol, hech ikkilanmay, ko`k rangli, kulrang, to`q pushtirang, zaytun rang liboslarni tanlashlari mumkin.

4. Kuz

Kuz fasliga tegishli insonlar juda kam uchraydi, ammo bor. Kashtan, yashil yoki yorqin jigarrang ko`zli, sepkilli va oq yuzli ayollar kuz xonimlaridir. Ularga yorqin va ko`zga tashlanadigan matodan tikilgan kiyimlar juda mos. Tillarang, yashil va osmonrang liboslar ularga tabiat in`om etgan go`zalikka urg`u berib turadi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: