Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Qishda qanday qilib oson uyg‘onish mumkin? Sizni qutqaruvchi 4 maslahat
Qishda qanday qilib oson uyg‘onish mumkin? Sizni qutqaruvchi 4 maslahat

Qishda qanday qilib oson uyg‘onish mumkin? Sizni qutqaruvchi 4 maslahat

Qishda qanday qilib oson uyg‘onish mumkin? Sizni qutqaruvchi 4 maslahat
Qishda boshni yostiqdan ajratib olish juda qiyin. Ertalab qanday qilib uyqudan oson va bardam bo‘lib turish mumkin? Uyg‘onish oson bo‘lishi va yaxshi kayfiyat bilan turish uchun bizning maslahatlarimizdan foydalaning.

O‘zingizga suyaning

Uyqu uchun mo‘ljallangan mashhur ilovalardan umid qilmang. Ularning yordamida uyquni tahlil qilish amaliy jihatdan befoyda. Olayotgan ma’lumotlaringiz sizning uxlash paytingizdagi harakatlantiruvchi faollikka asoslangan bo‘ladi. Bu uyquning tez va sekin fazasini belgilab olish uchun yetarli emas.

Maxsus gadjetlardan foydalaning

Masalan, aqlli budilniklar. Yorug‘lik budilnigi uyg‘onishingizning nafaqat oson, balki yoqimli ham bo‘lishini ta’minlaydi. Siz har kuni odatdagi budilnikning qattiq va qo‘pol ovozidan uyg‘onish o‘rniga, xonani yoz kunlaridagidek yoritib yuboradigan yorug‘lik tufayli asta-sekinlik bilan uyg‘onasiz.

Agar uyg‘ongan bo‘lsangiz, mudrashda davom etmang

Agar budilnik jiringlashidan oldin uyg‘ongan bo‘lsangiz, yana 15—20 daqiqa mudrashning keragi yo‘q. Uyg‘onib ketish uyqu davriga bog‘liq. Uyqu — bu takrorlanib turuvchi ikki fazadan iborat davr: uyquning tez va sekin fazalari.

Aniqrog‘i, siz navbatdagi bunday davr tamom bo‘lgani uchun budilnik jiringlamasdan oldin uyg‘onib ketasiz. Uyquning ortiqcha daqiqalari ertalabki turishni juda qiyinlashtirib yuboradi — balki siz uyquning sekin fazasida uyg‘onadigan bo‘larsiz.

Tushgacha uxlamang

Ayniqsa qishda ertalabki soatlar juda muhim. Ularni o‘tkazib yubormaslik va haddan tashqari uzoq uxlamaslikka harakat qiling, aks holda siz kuzgi-qishki davrda shunday ham kam bo‘lgan zarur yorug‘lik dozasini ololmaysiz. Ayniqsa bu “boyqush”lar uchun muhim.

Kuz va qishda organizm serotoninni kamroq ishlab chiqaradi, inson kayfiyatini aynan shu gormon boshqaradi. Uning miqdorini oshirishning eng yaxshi yo‘li — quyosh nurini ko‘proq olish.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: