​Rediska eng, shamollamaysiz!

​Rediska eng, shamollamaysiz!

​Rediska eng, shamollamaysiz!
To`q pushti rangdagi rediska tarkibida oqsil, uglevod, vitamin va mineral tuzlar bo`lib, ko`klam payti toliqqan organizmga tetiklik ulashadi. Rediskani qatiqqa yoki to`g`ralgan karam va sabziga qo`shib salat ko`rinishida iste`mol qilishi mumkin. Shu bilan birga po`stini archib, butunligicha ham esa bo`ladi. XALQ TABOBATIDA Agar sizni radikulit bezovta qilsa, bir bog` rediskani qirg`ichdan o`tkazib, ikki qavat dokaga o`rang. So`ng og`riq berayotgan sohaga kompress qiling. Bosh og`rig`idan bezor bo`lsangiz uni ham rediska yordamida davolash mumkin. Buning uchun 2-3 ta rediska sharbatini peshona, chakka va ko`z atrofiga surtib chiqasiz. Qabziyat bilan muammo bo`lganida har kuni yarim kosa rediska+qatiq+shivit+kashnich aralashmasini iste`mol qiling. Muolajaning asosiy sharti aralashmaga tuz qo`shilmasligi kerak. Rediskadan kosmetologiyada ham foydalanish mumkin. 2-3 ta rediska sharbatini istalgan o`simlik yog`i bilan aralashtirib, 1 choy qoshiq kartoshka kraxmalini qo`shing. Hosil bo`lgan aralashmani yuzga surtib, 15 daqiqaga qoldiring. So`ng iliq suvda chayib olasiz. Rediskali niqob yuz terisini oziqlantiradi. ORGANIZMGA FOYDASI HAQIDA: – Surunkali charchoq, immunitet sustlashishi hamda kamqonlikka qarshi kurashda rediska ajoyib ko`makchidir. Kunora 2 tadan rediska eyishga odatalansangiz, ikki yonog`ingizga qizillik yugurib, gemoglobin miqdori ortadi. – Kechki ovqatda yog`li, qattiq qovurilgan taomlarni rediska qo`shilgan salat bilan birga iste`mol qilish hazm faoliyatini yaxshilaydi. – Rediska me`da kasalliklari bilan og`riganlar uchun ham foydalidir. Tarkibidagi kletchatka oshqozon suyuqligi ishlab chiqarilishini rag`batlantiradi. – Avitaminoz yuzaga kelmasligi uchun ko`klam chog`i rediskani kanda qilmaslik kerak. – Bir kunda atigi bir marta rediska qo`shilgan salat yoki egulik esangiz, askorbin kislotasining bir kunlik miqdoriga ega bo`lasiz. – Kam kaloriya mahsulot ekanligi sabab parhezdagi xonimlar uchun asqotadi. – Qandli diabet bilan og`rigan bemorlar rediskani ko`proq tanovul qilishlari lozim. Bu poliz ekini tarkibidagi moddalar qonda qand miqdorini me`yorlashtiradi. – Eng foydasi – rediskadagi fitosidlar bo`lib, organizmni chiniqtirishi bilan ajralib turadi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: