Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​Saratonga sabab bo'luvchi mahsulotlar: afsonami yoki haqiqat?

​Saratonga sabab bo'luvchi mahsulotlar: afsonami yoki haqiqat?

Yaqinda internet orqali saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi egulik va sabablar hamda ushbu og`ir xastalikning oldini olish choralari haqida maqola e`lon qilindi. Biz mazkur ma`lumotlar nechog`li asosli va to`g`ri ekanini aniqlash maqsadida yurtimizdagi malakali mutaxassislardan biriga murojaat qildik.

Mutaxassis: Gulchehra Shermatova, Sergeli tumani ko`p tarmoqli markaziy poliklinikasining onko-ginekolog shifokori.

Onkologik kasalliklar allaqachon asrimizning eng og`riqli, dolzarb muammosiga aylangan. Saratonning 200 dan ortiq turi yiliga 8 milliondan ziyod kishining umriga zomin bo`layotgani ham buning yaqqol tasdig`idir. Shu bois ham bugun onkolog-shifokorlar ushbu dardga yo`liqmaslik uchun ko`pgina profilaktik choralarni tavsiya etishmoqda.

Rafinatlangan yog` mumkin emas!

Jahon onkologlari (JO) fikricha shunday. G.Shermatova (G.Sh): Butunlay, yo`q deyish ham noto`g`ri. Tozalangan yog` boshqa yog`larga nisbatan (zig`ir yog`) zararsiz. Lekin yog`li mahsulotlarni kamroq iste`mol qilish salomatlik uchun foyda ekanini unutmaslik kerak.

«Jonivorlar sutini ichib bo`lmaydi»

G.Sh: Noto`g`ri, uy hayvonlarining suti foydali. Faqat sutni qaynatib ichish shart ekanini yodda tutish kerak.

«Yarimtayyor mahsulotlar sog`liqqa zarar».

G.Sh: To`g`ri. Ushbu mahsulotlar uzoq muddat saqlanishi uchun tarkibiga glutamat natriy, oltingugurt dioksidi qo`shiladi. Bu inson sog`lig`i va hayoti uchun xavfli.

«Gazlangan ichimliklar kasal qiladi»

G.Sh: To`g`ri. Gazli, rangli, shirin karbonatli ichimliklar sog`liq uchun zarar. Ular me`daosti bezi va jigar faoliyati buzilishiga, endokrin tizim izdan chiqishiga olib keladi. Gazlangan shirin ichimliklarni me`yoridan ortiq iste`mol qilish qizilo`ngachsaratoniga sabab bo`ladi.

«Mikroto`lqinli pech katta zarar»

G.Sh: To`g`ri. Zarari bor. Mikroto`lqinli pechda tayyorlangan oziq-ovqatlar saraton kasalligi rivojlanishi bilan bog`liq bo`lgan benzol, ksilen va boshqa ko`plab kimyoviy moddalar ishlab chiqarilishiga sabab bo`ladi.

«Tug`uruqqa qadar mammografiya tekshiruvi mumkin emas».

G.Sh: To`g`ri, lekin ayrim vaziyatlarda, agar homilador ayolda saraton kasalligi belgilari kuzatilgan bo`lsa, doktor mammografiya (ko`krak bezini rentgen nurlari yordamida tekshirish) o`tkazishni buyurishi mumkin.

«Tanani haddan ziyod siqib turuvchi ichki kiyim kiymang»

GSh: To`g`ri. Siqibturuvchi ichki kiyim limfa faoliyatiga to`sqinlik qilishi (ichki a`zo qon tomiridagi keraksiz qon tashqariga chiqishiga) va siqilgan joylarda karsinogen birikmalar to`planib, saraton kasalligi kelib chiqishiga sabab bo`ladi.

«Muzlatilgan egulik emang!»

G.Sh: Noto`g`ri. Muzlatilgan eguliklarning o`ta xavfli tomonlari ko`p emas. To`g`ri, muzlatilgan mahsulotlarda kerakli vitamin va mineral moddalar yo`q bo`lib ketadi, ammo ular saraton chiqaradi deya olmaymiz.

«Muzlatgichda plastik idishda saqlangan suvning ziyoni bor»

G.Sh: To`g`ri. Plastik idishlarda sintetik ostrogenlar joylashgan bo`lib, bu prostata va ko`krak bezi saratoni, diabet, ortiqcha vazn va immun tizimi funksiyalari buzilishiga sabab bo`ladi.

«Homiladorlikdan saqlovchi tabletkalar xavfli»

G.Sh: Noto`g`ri. To`liq tibbiy tekshiruvdan o`tgach, ginekolog-shifokor ruxsati bilan ichilgan tabletkalarning zarari yo`q. Albatta, bilib-bilmay dori ichish salbiy oqibatlarga olib kelishini inkor etib bo`lmaydi.

«Dezodorant saraton chaqiradi»

G.Sh: To`g`ri. Dezodarantlar muntazam ishlatilganda ayollarda ko`krak bezi saratoni rivojlanishi xavfi bor. Dezodorant tarkibida alyumin birikmasi bo`lib, ter ishlab chiqaruvchi to`qimalarni to`sib qo`yadi, natijada, ko`krak to`qimasida to`plangan shish saratonni keltirib chiqaradi.

«Shakar ham sabab bo`ladi»

G.Sh: To`g`ri. Shakarning organizmga shu qadar zarari ko`pki, shifokor sifatida bemorlarimga shakarni kamroq iste`mol qilishni tavsiya etaman. Ming afsuski, ma`lum bir jihatdan saraton rivojlanishiga shakar ham sabab bo`ladi. Chunki saraton hujayralari shakar bilan oziqlanadi.

Kasallikdan himoyalaydi:

JO: Sabzavotlar.

G.Sh: To`g`ri. Sabzavotlar saraton kasalligini butunlay davolaydi deya olmaymiz-ku, ammo rivojlanish o`chog`ini yo`q qilishda muhim rol o`ynaydi. Masalan, sarimsoqpiyoz, bosh piyoz, karamning barcha turlari, pomidor kabilarni misol qilish mumkin.

JO: Shakar o`rniga asal (me`yorida)

G.Sh: To`g`ri. Asal tibbiyotda tan olingan shifobaxsh mahsulot sanaladi. Uning shakardan farqi tabiiyligidir. Shu bois organizm uchun zararsiz.

JO: O`simlik oqsillari (masalan, go`sht o`rniga loviya).

G.Sh: To`g`ri. Loviya mikroelement va vitaminlarga juda ham boy. Soya mahsulotlari esa nafaqat saratonga qarshi kurashish xususiyatiga ega, balki radiasiya yoki kimyo muolajasini olgan bemorda ham salbiy oqibatlar ta`sirini kamaytirishi bilan ahamiyatli.

JO: Ertalab och qoringa ikki stakan suv ichish.

G.Sh: To`g`ri. Har kuni och qoringa qaynatilgan yoki filtrlangan suv iste`mol qilsak, u nafaqat saraton o`chog`ini yo`q qiladi, balki, ortiqcha vazndan xalos etib, yurak qon-tomir va me`da-ichak faoliyatini yaxshilaydi.

JO: Issiq ovqat, qaynoq emas.

G.Sh: To`g`ri. Eyayotgan ovqatimizning qaynoq-iliqligi 40 darajadan oshmasligi kerak. Chunki 60 darajadagi issiqlik oqsillar yo`q bo`lib ketishiga sabab bo`ladi. Qaynoq ovqat tanovul qilganda xlorid kislotasi hosil bo`lib, qizilo`ngach va oshqozon hujayralari shikastlanadi.

JO: Saratonga qarshi sharbat №1: aloe+zanjabil+petrushka+ selderey+promalin (ananas o`rtasi)ni aralashtiring va och qoringa iching.

G.Sh: To`g`ri. Bu immunoglobulin darajasini oshiradi. Shuningdek, har kuni xom yoki qaynatilgan sabzi eyish yoxud yangi siqilgan sabzi sharbatini ichish ham foydali.

Shahlo Shermuhamedova yozib oldi
Manba: Darakchi.uz



«​Saratonga sabab bo'luvchi mahsulotlar: afsonami yoki haqiqat?»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]