​«Sevib qoldim, ammo...»

​«Sevib qoldim, ammo...»

​«Sevib qoldim, ammo...»
Sevgi qissalariyu she`rlarni o`qish, muhabbat tarannum etilgan taronalarni tinglash, filmlarni tomosha qilib ko`z yosh to`kish — yoqimli! Sevib qolish esa ming karra xushbaxtlik ato etadi kishiga. Ammo bu tuyg`uning og`riqlari, muammolari ham bor-da. Ayniqsa, o`smir yoshda...

1-murojaat:

— Anchadan buyon bir yigit bilan gaplashib yuraman. Bir-birimizda ko`nglimiz bor. Yaqinda uydagilar bundan xabar topib, qattiq urishishdi, hatto telefonimni ham tortib olishdi. Endi xavotirdaman. Chunki u bola men bilan gaplasha olmagach, boshqasini topib olishi aniq. Men esa uni yo`qotishdan qo`rqaman...

Nigina, 17 yosh

2-murojaat:

— Yaqinda meni unashtirishdi. Biroq hech kim rozilimgimni so`ramadi. O`zimning ahdlashganim bor. Ota-onam esa ko`nglimga quloq tutishni istashmayapti. Fotihamni buzish haqida ham o`ylayapman. Chunki unashtirilgan yigitda ko`nglim yo`q. U bilan baxtli bo`lishimga ko`zim etmayapti...

Hulkar, 18 yosh

OYDINLIK KIRITAMIZ!

1. Muhabbatning yoshi. O`n oltidan oshgan qizmi, o`g`ilmi, har bir inson hayot sahnasida yangi rollar ijro qilishni istaydi. Farzandlik kabi egallab turgan «lavozim»lari biroz zeriktiradi-da. Kimdir bilan pichir-pichir qiladigan dugona, yigiti-la «SMS»lashadigan qiz obrazi ular uchun yangi va qiziq. Shu sabab ota-ona bilan munosabatda ziddiyatlar yuzaga keladi. Ammo bu vaqtinchalik. Demak, ikkala murojaat qilgan qizimiz, umuman bu yoshdagilardagilar sevgi qissalarini boshdan kechirishiga tabiiy holat deb qarash kerak.

2. Sevamanmi, yo`qmi? Bu gul barglarini yuladigan o`yinmas, jiddiy va nozik masala. «Agar men bilan gaplashmay qo`ysa, boshqa qizni topib oladi» kabi qo`rquv yigitning qizga bo`lgan munosabati jiddiymasligini yaqqol ko`rsatib turibdi. Asosan bu kabi ikkilanish va xavfsirashlar telefon, interent orqali sevishib qolganlarda kuzatiladi. Agar sizni ko`ngil qo`yganingiz bilan faqat qandaydir vositalar bog`lab tursa va qalbingizda ikkilanish bo`lsa, sevgingizni chin deb ayta olmaymiz.

3. Taqiqlar. Odatda o`smirlar ota-ona tomonidan o`rnatilgan cheklovlarga qasdma-qasd harakat etishadi. Ammo qizlarjonlar, siz bunday qila ko`rmang. Qovoq-tumshuq qilib yurmasdan, yoki yashirincha gaplashish yo`llarini izlamasdan, onangizga dardingizni ayting, sirlashing. Ko`nglingizni ochsangiz, sizni dunyoga keltirgan ayol, albatta, quloq tutadi va to`g`ri yo`lni ko`rsatibgina qolmasdan, shu yo`lda siz bilan birga qadam tashlaydi.

4. Majburlik. Bugungi kunda qiz bolani turmushga uzatish, o`g`ilni uylantirish masalasida ko`pchilik ota-onalar tanlovni farzandlarining o`ziga qo`yib berayapti. Nega? Chunki bugunning bolasi «Siz uylantirgan qiz», «Siz topgan kuyov» degan ta`nalar, ertaga ko`ngilsiz qurilgan oilada yuz berishi mumkin bo`lgan noxushliklardan himoyalanish uchun ham. Qiz boladan bir og`iz so`ramasdan uni unashtirib qo`yish noto`g`ri. Ammo g`isht qolipdan ko`chgan. «Men noroziman, u bilan baxtli bo`lolmayman», deya zor yig`lash va to`ydan oldin nog`ora chalishdan foyda yo`q. Iloji bo`lsa, onangiznnig o`zi bilan dildan gaplashing. Xo`sh, ular nimani ko`zlab qaror qabul qilishgan? Nima bo`lganda ham, axir sizning baxtingizni o`ylashayapti-ku! Yoki ota-onangiz hurmat qiladigan va sizni tushunadigan qarindosh-urug`lardan birini o`rtaga qo`ying.

5. Sevgi chinmi yoki?.. Bu savolga biz tugul, ayni paytda sevib qolgan qizlar ham javob berolmaydi. Balkim haqiqiy muhabbatingizni boshdan kechirayotgandirsiz. Balkim bu shunchaki o`tkinchi his-tuyg`ulardir. Ota-onangiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar sevgingizning aslini sinash uchun sinov deb qabul qiling. Siz bilan birga ko`ngil qo`yganlaringiz ham bu sinov uchun kurashadimi? Va u, o`rtadagi tuyg`ular ota-onangizning tanlovi va taqiqiga qarshi isyon qilishingizga arzigulikmi? Shuni chuqur mulohaza qiling. Eng muhimi, beqaror bu yoshingizda qaltis harakatlar (uydan qochib ketish, o`z joniga qasd qilish, o`zini qiynash bilan yaqinlarni jazolash kabilar) qilmang!

Maqolani ruhshunos Shahnoza Xalilova tavsiyalari asosida Shoira VAFOEVA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: