Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Shifokorlar xatosidan himoyalanish uchun 7 maslaxat

Shifokorlar xatosidan himoyalanish uchun 7 maslaxat

Kim ham adashmaydi deysiz. Hattoki inson salomatligiga va hayotiga javobgar kasb egalari shifokorlar ham ba`zida adashishlari mumkin. Ammo bemor va uning yaqinlari xushyor bo`lsa, ushbu xatoni oldini olish mumkin. Qanday qilib, nimalarga ahamiyat berish kerak deysizmi? Quyida shu haqda so`z boradi...

BOShQA BEMOR

Shifokor nogoh bemorga boshqa kishining muolajasini buyurishi mumkin. Bu kabi yanglishishlar asosan bemorlar o`xshash ism yoki familiyaga ega bo`lgan vaqtda yuzaga keladi. Ana shunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun, bemor yaqinlari shifoxona xodimlarining bemor haqidagi ma`lumotlarni va palata raqamini yaxshilab tekshirganliklariga amin bo`lishlari darkor.

SOHTA ShIFOKOR

Millionlab insonlar “sohta shifokor” va malakasi yo`qlar xizmatidan aziyat chekib qolishadi. Bu esa bemorni chuqur ko`zdan kechirish va to`g`ri tashhis qo`yishga to`sqinlik qilishi tabiiy. Shu sababli, qaerga borishingizdan qat`iy nazar, shifokor haqidagi xujjatlarni yoki boshqa bemorlarning shifokor haqidagi xolis fikrini o`rganib chiqqaningiz ma`qul.

NOTO`G`RI TANLANGAN DORI-DARMON

Shifokor dori-darmonlarni va ularning dozasini to`g`ri buyurgan bo`lsada, xatoni farmasevt qilishi mumkin. Noto`g`ri berilgan dori-darmon sog`liqqa zarar etkazibgina qolmay, qaltis holatga ham olib kelishi barcha ma`lum. Shu sababli, dorixonani tark etish chog`ida farmaseftdan dori-darmonlarni to`g`ri berganini va reseptga to`g`ri kelishini yana bir bor tekshirib berishini so`rash kerak. Ayniqsa, dorilar birinchi bor olinayotgan bo`lsa, yanada ahamiyatli bo`lish tavsiya etiladi. Dorilarning dozasini aniq bilgan holda harid qilish ham juda muhim.

XAVFLI PLASTIK JARROHLIK

Bugungi kunda plastik jarroxlik ishi bilan kishini xayratga solish qiyin emas. Ko`pchilik ushbu jarrohlik amaliyotini ikkilanmay tanlaganiga qoyil. Zero, plastik jarroxlik amaliyotlarining natijasi har doim ham quvonarli bo`lavermaydi-da...Ushbu tibbiyot xizmatidan foydalanishga bel bog`lagan bo`lsangiz, avvalo plastik jarroh kerakli sertifikatga ega ekanligini, diplomi, kamida 5 yillik ish tajribasi mavjudligi va malaka oshirganligi haqidagi xujjatini tekshirib ko`rish foydadan xoli emas. Uning bemorlari bildirgan fikrlar bilan o`rtoqlashish ham to`g`ri xulosani chiqarishga yordam beradi. Chunki, nomi chiqqan klinikalarda jarroxlik amaliyoti ham yaxshi o`tkaziladi deya hech kim sizga kafolat bera olmaydi. Yaxshisi jarrohning ishlariga qarab baho berishga kirishing.

KEChIKKAN TEZ YoRDAM

Ko`pchilik bemorlarning ahvoli tez yordam mashinasi tezda etib kelmaganligi va birinchi tibbiy yordam o`z vaqtida ko`rsatilmaganligi tufayliyomonlashadi. Tez yordam mashinasini tezda etib kelishiga nima to`sqinlik qiladi? Transport yo`llaridagi tirbandliklarmi? Faqat bu emas. Uy manzilining aniq aytilmagani ham tez yordamning zudlik bilan etib kela olmaganligiga sabab bo`ladi. Shu sababli, tez yordam chaqirish vaqtida, uy manzilini aniq va to`g`ri tushuntirish juda muhim.

JARROHLARDAN ESDALIKLAR

Paxta sharchalari, po`lat qisqichlar, jarrohlik anjomlari- bular jarrohlik amaliyotidan keyin bemorlarning ichki a`zolaridan topilgan ayrim narlar holos. Xayron bo`lmang, bunday xollar faqatgina kinofilmlarda emas, xayotda xam uchrab turadi. Bunga jarroh va uning yordamchilarining o`z ishiga sovuqqonlik bilan yondashgani sababdir. Bunday vaziyatlarni oldini olish bemorning qo`lida bo`lmasada, jarrohlik amaliyotini boshlashdan avval shifokorlardan o`z anjomlarini xisoblab, keyin ishga kirishishlarini so`rash mumkin. Jarroxlik amaliyotidan so`ng kuchli og`riq,tutqanoq, yoki yallig`lanish yuzaga kelgani aniqlasa, shifokor bemor ichida notanish narsalar qolib ketmaganligiga amin bo`lishi uchun tekshiruv o`tkazishi kerak.

NOTO`G`RI TAShHIS

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, 10 % xolatlarda shifokorlar bemorlarga noto`g`ri tashhis qo`yishar ekan. Natijada, kasallikni davolash uchun emas, aksincha, bemor ahvolini yanada og`irlashtirishi mumkin bo`lgan muolaja belgilanarkan. Shuning uchun, jiddiyroq kasalliklarda aniq tashhis qo`yish uchun eng yaxshi usul bir emas, bir nechta shifokor maslahatini olib, keyin davolash muolajasini boshlashdir.

Manbalar asosida Shirinxon Siddiqxo`jaeva tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz



«Shifokorlar xatosidan himoyalanish uchun 7 maslaxat»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]