Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Sochlarni to'g'ri quritish qoidalari

Sochlarni to'g'ri quritish qoidalari

* Quvvati kamida 1800 vatt bo'lgan, bir necha xil harorat rejimlariga ega va tezlikda quritish funksiyali fen tanlang. Quritish vaqtida o'rtacha haroratda, turmaklashda esa yuqori harorat rejimida ishlating.
* Soch turmagi shaklini va hajmini yaxshiroq ushlash uchun turmaklash oxirida sovuq havo rejimidan foydalanishni unutmang.
* Uzun sochlarni quritishda qisqichlardan foydalansangiz ishingiz osonlashadi.
* Tabiiy jingalak sochlar quruq bo'lgani uchun yuqori haroratda quritish yaramaydi.
* Sochlar va fen orasi 10-15 sm bo'lishi kerak.
* Quritishdan oldin issiqlikdan himoyalovchi vositalardan foydalaning. Qalin va bo'ysunmaydigan sochlar uchun mum yoki yuvilmaydigan kremlar, ingichka sochlar uchun esa ko'pik yoki muss ishlatsangiz bo'ladi.
«Hordiq plyus» gazetasidan
Manba: Hordiq.uz



«Sochlarni to'g'ri quritish qoidalari»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]