Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Sovunmi yoki gel? Oqilona yo‘l tutamiz
Sovunmi yoki gel? Oqilona yo‘l tutamiz

Sovunmi yoki gel? Oqilona yo‘l tutamiz

Sovunmi yoki gel? Oqilona yo‘l tutamiz
O‘zingizga mos keluvchi vositani tanlash juda qiyin ish. Buning uchun sinab ko‘rish va bir necha marta xatolarga yo‘l qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Xo‘sh, unda nima qilish kerak? Quyida keltirilgan maslahatlarimiz sizga yuvinish uchun mukammal vosita tanlashga yordam beradi.

Teringizning turini aniqlab oling

Dush uchun tozalovchi vosita tanlashda teringizning turini hisobga olishingiz kerak, chunki bu vosita terining ahvoli va sog‘lig‘i uchun katta ahamiyatga ega.

Har bir tozalovchi vosita aniq bir teri turi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, terining bu turi yil davomida siz dushni qaysi mavsumda necha marta qabul qilishingizga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Yilning sovuq fasllari tez-tez cho‘milish kabi sizning teringizni quruqlashtiradi va bu holatda namlantiruvchi vositalardan foydalanish lozim bo‘ladi.

To‘g‘ri aralashmani tanlang

Modomiki teri turi shunchalik muhim ekan, terini sovun va gel yordamida parvarish qilishning farqi juda katta. Badanni dushda parvarish qiluvchi maxsus vositalar odatda gel va krem aralashmasidan iborat bo‘ladi. Agar teriga namlash yetarli bo‘lmasa asosi kremdan tashkil topgan vositalarni tanlang. Yog‘li terilar uchun sovun va dush uchun gel mos keladi, chunki ularda yog‘li moddalar ancha kam.

Teringiz qancha ta’sirchan bo‘lsa, uni parvarishlovchi vositalar shuncha kamroq hidli bo‘lishi kerak, chunki bunday vositalar tarkibi sizda allergik reaksiyalar va bezovtalik tug‘dirishi mumkin. Sovun teridan ham kirlarni va ham tabiiy yog‘larni ketkazadi, lekin u ishlatishda qancha ko‘p ko‘pik chiqarsa shuncha ko‘proq quritadi.

Yorliqlarni o‘qing

Sovun sovundan farq qiladi. Tarkibida namlantiruvchi moddalar bo‘lgan sovunni topish qiyin emas, asosiysi — yorliqlarni o‘qish.

Sovun sifatini ta’riflovchi yo‘riqnomadan gipoallergen, namlantiruvchi, yumshoq va kremli so‘zlarini izlang.

Hatto sizning teringiz juda quruq va ta’sirchan bo‘lmasa ham sovun teringizdan tabiiy yog‘larni yuvib ketmasligiga ishonch hosil qiling.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: