Главная » Статьи » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar

Ta'sirchan teri uchun qoidalar

Yuz terisi ta'sirchan bo'lib qolganda ushbu qoidalarga qat'iy amal qilishi kerak:
* uxlashdan avval yuzni, albatta, makiyajdan butkul tozalang;
* yuz uchun foydalaniladigan kosmetik vositalar sifatli va allergiya bermaydigan, allergiyaga qarshi test qilingan, spirt qo'llanilmagan bo'lishi kerak;
* ta'sirchan yuz terisini vodoprovod suvi bilan yuvmaslik kerak. Maxsus yumshatilgan, turli xil damlamalar, hech bo'lmaganda qaynatib, sovitilgan suvdan foydalanish lozim. Suvni uy sharoitida ham yumshatish mumkin. Bunda 1 litr suvga 1 choy qoshiq ichimlik sodasi solinadi.
* Yuz kremlari tarkibida sitrus mevalar, efir va hidli yog' komponentlari bo'lmasligi kerak. Chunki bu vositalar yuzning allergik xususiyatini kuchaytirishi mumkin.
* Ta'sirchan teri uchun skrablar, plyonka niqoblar mumkin emas. Shuningdek, kalendula, rozmarin, sandal yog'laridan tayyorlangan sprey, tonik va kremlar ham tavsiya etilmaydi.
* Tungi krem tarkibida esa tabiiy yog'lar mavjud bo'lishi shart. Ular yuzdagi namlikni saqlab, terini tinchlantiradi.
* Agar yuzim va tanamning terisi o'z ko'rkamligini yo'qotmasin, desangiz, hech bo'lmasa haftada bir marta yuzingizga vitaminli sabzavotlardan niqob torting.
Manba: Hordiq.uz
Категория: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar | Добавил: Админ (17 Май 2018)
Просмотров:   | Комментарии: 0 | Теги: Ta'sirchan teri uchun qoidalar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]