Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Tashqi ko‘rinishingizni bir lahzada yaxshilashga yordam beradigan universal maslahatlar
Tashqi ko‘rinishingizni bir lahzada yaxshilashga yordam beradigan universal maslahatlar

Tashqi ko‘rinishingizni bir lahzada yaxshilashga yordam beradigan universal maslahatlar

Tashqi ko‘rinishingizni bir lahzada yaxshilashga yordam beradigan universal maslahatlar
Agar uyqusiz o‘tkazilgan kechadan keyin ko‘rinishingiz unchalik yaxshi bo‘lmasa, bu hiylalar sizga bir lahzada odam qiyofasini qaytarishga yordam beradi.

Kontrast dush — hammaga ma’lum bo‘lgan va har doimgidek samarali vosita. Issiq suvni sovuq suv bilan galma-gal almashtirib turing: shunday qilsangiz, siz o‘zingizga tetiklikni, teringizga esa sog‘lom rangni qaytarasiz.
Agar dush qabul qilishning imkoniyati bo‘lmasa, qo‘llaringizni navbati bilan issiq va sovuq suvda yuvib ko‘ring. Bu ham bardamlikni ta’minlaydi.
Bardam ko‘rinish va qizargan ko‘zlar bir-biriga unchalik mos tushmaydi. Ko‘zingiz uchun maxsus tomchilar sotib oling, ular qizarishni kamaytiradi.
Uy sharoitida ko‘z atrofidagi qoramtir dog‘larni ketkazish uchun choy paketchalaridan foydalaning. Ularni qaynoq suvli idishga soling, biroz soviting, keyin esa 10 daqiqa ko‘zlaringiz ustiga qo‘yib turing.
Ko‘z ostidagi shishlar bilan kurashish uchun qoshiqlardan ham foydalanish mumkin. Ularni 10 daqiqa muzlatkich ichiga qo‘ying, keyin muammoli joylarga qo‘ying.
Skrabdan foydalaning. U terini o‘lik hujayralardan tozalaydi va yuzingizga sog‘lom ko‘rinish beradi.
Yuzingizga krem suring. Eng yaxshi variant — namlovchi vosita, lekin uyqusiz o‘tkazilgan kechadan keyin har qanday krem ham bo‘laveradi.
Yuzingizni muz bo‘lagi bilan arting. Sovuq muz teriga qon kelishini ta’minlaydi va yuzingiz ancha bardamroq ko‘rina boshlaydi.
Tishlarni qatlamlardan tozalang. Uy sharoitida buni aktivlashtirilgan ko‘mir tabletkasi yordamida bajarish mumkin. Uni cho‘tka ustiga qo‘ying va tishlaringizni odatdagidek tozalang.
Go‘zallikning orqasidan quvish davomida nafasingizning tozaligi haqida unutib qo‘ymang. Oqsilga boy bo‘lgan oziq-ovqatlar bilan nonushta qiling, tabiiy xushbo‘y hid beruvchilar — petrushka yoki qahva donlarini chaynang.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: