Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Tirnoqlaringiz o'zingizga yoqadimi?

Tirnoqlaringiz o'zingizga yoqadimi?

Ko'p hollarda qo'llarimiz va tirnoqlarimiz parvarishiga e'tibor bermaymiz. Bu ishimiz noto'g'ri.
Tez-tez va vaqti-vaqti bilan tirnoqlaringizni limon suviga botirilgan paxta bilan artib turishga harakat qiling. Bunda tirnoqlar tozalanib, yaltirab turadi. Bo'lar-bo'lmasga artaverish esa tirnoqni quritib qo'yishini unutmang. Nozik va tez sinuvchi tirnoqlarni asl holiga keltirish uchun iliq o'simlik moyiga bir necha daqiqa botirib turish kerak bo'ladi. So'ng tirnog'ingizga bir necha tomchi limon sharbati tomizib ko'ring. Uni darhol yuvib tashlamang, shunchaki artib qo'yishning o'zi kifoya. Muolajani hafatasiga ikki-uch marta takrorlash yaxshi samara beradi. Kir yuvgandan so'ng ishqordan zararlanib qolgan qo'l terisini ozroq olma sirkasiga botirilgan paxta bilan artsangiz, tezda o'z holiga keladi.
«Hordiq plyus» gazetasidan
Manba: Hordiq.uz



«Tirnoqlaringiz o'zingizga yoqadimi?»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]