Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​«Turmush o`rtog`imni qiziqtirmay qo`ydim...»
​«Turmush o`rtog`imni qiziqtirmay qo`ydim...»

​«Turmush o`rtog`imni qiziqtirmay qo`ydim...»

​«Turmush o`rtog`imni qiziqtirmay qo`ydim...»
Sarlavhani o`qishingiz bilan bi-i-ir xo`rsinib qo`ydingiza, kelishib olaylik shu oxirgisi bo`lsin! Muammo nimada? «Allamahalgacha televizor tomosha qiladi» deysizmi? Siz ham unga sherik bo`ling. Bir safar zerikarli futbolni ko`rsangiz ko`ribsiz, sizdan nima ketdi?

«Ur-yiqitlarga xushim yo`q, qo`rqinchli kinolardan qo`rqaman!» Shumi bahonangiz? Juftingizning yonidan joy oling-da, qo`llaridan tuting. Shu bahona so`nib borayotgan tuyg`ular alanga olsa ajabmas.

«U ko`rayotgan narsalarni tushunmayman!» So`rang, qiziqing, g`ururingiz eyilib qolmas. U ham bilsin, o`ziga qiziq mavzularga befarq emasligingizni.

Siz uchun shpargalka:

1 Erkaklar qiziqarli suhbatdosh bo`la oladigan ayollarni qadrlashadi. Avtomobil qismlariyu falon futbolchining nima uchun sariq kartochka olganini tushunmasangiz, «Bo`lganim shu» demang. Bo`sh qolganda dugonalar bilan g`iybatni kamaytiring-da, o`z ustingizda ishlang.

2 Umr yo`ldoshingizning tanlovini hurmat qiling! «Kap-katta erkak ko`rib o`tirgan narsangizni qarang» kabi «ashulangiz» jonli ijroga chiqmasin. «Lisenziyasiz» qolasiz-a.

3 Eringiz oromkursida uxlab qoldi. Shu holicha qoldirmang. Asta uyg`oting-da, yotog`iga olib kiring. Ertasiga jahl qilsa, «Sizsiz ko`zimga uyqu kelarmidi?» deya noz-karashma qiling, er-i-ib ketsin.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: