Turmushning vaziyatlari

Turmushning vaziyatlari

Turmushning vaziyatlari

Turmush bu erkak va ayol
orasidagi munosabatlarning
eng mukammal shaklidir. Ota-
ona va bola, do'stlar, aka-uka,
opa-singil va boshqa
munosabatlar orasida er va
xotin munosabati eng qiyin va
eng tushunarsizdir. Nega
tushunarsiz?
Chunki erkak va ayol nafaqat
jismonan, balki ruhan bir-
biridan tubdan farq qiladi. Ya'ni
erkak va ayol turlicha fikr
yuritadi, bir-biridan turli xil
narsani kutadi, tevarak-atrofga
bo'lgan munosabati va qarashi
ham umuman farq qiladi.
Shunday ekan, turmush juda
nozik. Turmush qurgan er-
xotin bir-birini butun umr
sevish va ardoqlash niyatida
bo'ladi. Umr esa uzoq davom
etadi. Umr davomida bir-biriga
bo'lgan mehr va oqibat,
ishonch va muhabbat yo'q
bo'lib ketmasligini ta'minlash
juda muhim.
1. Er-xotin bir-biridan doim bir
nimani kutadi? Eri uyga
kelayotganda shirin ovqat
kutishi mumkin, xotini tug'ilgan
kuniga ajoyib sovg'a va hokazo.
Agar kutilgan narsa ro'yobga
chiqmasa, xafagarchilik yuz
beradi. Shuning uchun hech
narsa kutmang. Eringiz
(xotiningiz) borligini o'zi baxt
ekanini his qila biling. Shirin
ovqat yoki sovg'a istasangiz,
ochiqchasiga turmush
o'rtog'ingizdan uni olib
berishini yoki qilib berishini
so'rang. Indamay kutish umidni
puchga chiqarishi mumkin.
2. Er-xotin urishib turadi.
Urishganda bir-biringizni
haqoratlamang.
Istaganingizcha nasihat qiling,
baqiring, jahl qiling, lekin
haqoratlamang. Haqorat
insonga yarashmaydi. Faqat
dilni og'ritadi.
3. Turmush o'rtog'ingiz
qarindoshlari haqida hech
qachon hech kimga yomon
gapirmang. Siz sevadigan inson
qarindoshlari yomon bo'la
olmaydi. Ular yomon emas,
sizning ularga bo'lgan
munosabatingiz yomon, shuni
biling.
4. Er-xotin bir-biringizdan qisqa
muddatga ayrilub turing.
Xizmat safari, ota-onanikiga
borib yotib qolish kabi ayriliqlar
ayni muddao. Uzoqlashish 2
haftadan oshmasa tuyg'ular
naqadar kuchli ekanligi,
sog'inch hisi kuchli bilinadi.
5. Turmushda moliyaviy masala
katta ahamiyatga ega. Pul
bo'lsa ham, bo'lmasa ham
nolimang. Voydodshou.net saytidan olingan. Kambag'al inson
ham baxt nima ekanligini biladi
axir.
6. Jinsiy aloqa turmushning
ajralmas qismi (keksaygunga
qadar). Shunday ekan hech
qachon jinsiy aloqadan voz
kechmang, uni ta'na qilmang,
undan yuz o'girmang va eng
asosiysi jinsiy aloqa davomida
maishiy masalalr haqida
gaplashmang, aloqaga berilib
keting.
7. Qaynona-qaynota bilan
butun umr yashaydigan er-
xotin shu hayotni qabul qilishi
shart. Ular bilan xafagarchilik
bo'lmasligi kerak. Alam
ko'payishi hayotni
achchiqlashtiradi. Ota-onaga
munosabatni to'g'ri qiling. Ular
er-xotin orasidagilar emas, ular
hurmatga, mehrga sazovor
insonlar. Lekin sizning
turmushingiz, sizning
farzandlaringiz tarbiyasi va
sog'lig'i faqat sizning
ixtiyoringizda. Ularning
maslahatlari kerak xolos,
aralashuviga yo'l qo'ymang.
8. Dugona va do'stlar yaxshi
turmushning dushmanlari.
Albatta, erda ham, xotinda ham
do'st-dugonalari bo'lishi kerak.
Lekin ular sizning
turmushingizdan juda uzoq
bo'lishi kerak. Sizning ichki
hayotingiz ularga qorong'u
bo'lishi shart. Eng yaxshi
dugonaning ham, do'stning
ham eng ezgu maslahati ayrim
hollarga yomon natijaga olib
kelishi hech gap emas, axir
hech kim sizning hayotingizni
sizchalik bilmaydi. Shuning
uchun boshlqalarni o'z
turmushingizga
aralashtirmang. Undan tashqari
hasad haqida ham unutmang.
9. Farzand oilaning yuzi.
Farzandlaringiz ajoyib inson
bo'lib yetishsa ham, er-xotin
bir-biringizga minnatdor
bo'lasiz, yomon inson bo'lishsa
ham er-xotin bir-biringizni
ayblaysiz. Aybga yo'l qo'ymang.
Farzandlaringizni ajoyib inson,
halol va soliha qilib katta qiling.
Turmushingiz bejiz emasligini
ular katta bo'lganda his qilasiz.
10. Oilani asrang. Asrang
deganda kerak kerakmas
maslahatchilardan, yomon
ko'zlardan, yomon insonlardan,
hayotning vasvasalaridan
asrashni nazarda tutamiz. Har
narsada kamtarlik,
o'rtame'yorlik yaxshi. Kiyinish,
yurish-turish, muomala
barchasi kamtarlikni xush
ko'radi. Boshqalarning ko'zida
kamtar bo'ling, oilaviy
baxtingizni, to'kinchilikni ko'z-
ko'z qilmang


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: