Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Uy sharoitida sochlarni to‘g‘ri bo‘yash qoidalari
Uy sharoitida sochlarni to‘g‘ri bo‘yash qoidalari

Uy sharoitida sochlarni to‘g‘ri bo‘yash qoidalari

Uy sharoitida sochlarni to‘g‘ri bo‘yash qoidalari
Maqolada sochlarni uy sharoitida mustaqil tarzda bo‘yashga qaror qilgan ayollar uchun maslahatlar beramiz.

Rang tanlaymiz

Boshida sochlar uchun bo‘yoqning rangini tanlang. Buning uchun o‘zingizning sartaroshingiz yoki mutaxassisning maslahatlaridan foydalaning. Bu unchalik qiyin emas, asosiysi bo‘yoqni sochlarda qancha uzoqroq ushlasangiz, rangi shuncha to‘qroq bo‘ladi. Mutaxassislar ham ko‘z va teri rangini hisobga olib tabiiyga yaqin ranglarni tanlashni tavsiya qilishadi.

Kerakli anjomlar va bo‘yoq

Uyda sochlarni bo‘yashdan oldin hamma kerakli narsalarni tayyorlang. Kalta va o‘rtacha uzunlikdagi sochlar uchun bir o‘ram, uzun sochlarga esa ikki o‘ram bo‘yoq kerak bo‘ladi. Bo‘yash uchun cho‘tkacha olishni unutmang. Qolganlarining hammasi bo‘yoq o‘ramining ichida bo‘ladi. Bo‘yoq va oksidlovchi moddani aralashtirish uchun kerak bo‘ladigan plastmassa idish va taroq albatta uyda topilsa kerak.

Sochlarni to‘g‘ri bo‘yash uchun qo‘llanma

– Plastmassa idishda bo‘yoqni va oksidlovchi moddani yaxshilab aralashtiring.

– Teriga tushgan bo‘yoqni oson ketkazish uchun peshanadagi sochlarga yaqin sohaga, quloqlar yoni va bo‘yin terisiga vazelin yoki yog‘li krem suring.

– Bo‘yoq tegmasligi uchun yelkangizga sochiq tashlang.

– Polietilen qo‘lqoplarni kiying.

– Sochlaringizni yaxshilab tarang va ularni bosh aylanasi bo‘yicha 4 qismga ajrating.

– Har bir qismni farqlari yaxshi ko‘rinadigan qilib qistirgich bilan qistirib qo‘ying.

– Cho‘tkaga biroz bo‘yoq oling va uni markaziy farqdan boshlab, ildizlar bo‘ylab uzunasiga, orqaga va oldinga o‘tkazing

– Hamma farqlarni sinchiklab bo‘yab chiqing.

– Sochlarning ildiziga bo‘yoqning yarmidan ko‘prog‘i ketadi, chunki aynan ularni yaxshiroq bo‘yash kerak.

– Ildizlarini sinchilab va bir tekis bo‘yab bo‘lgandan keyin, bo‘yoqning qolganiga mayda tishli taroqni botirib oling va uni soch uzunligi bo‘yicha o‘tkazing.

Vaqtni belgilaymiz

Agar siz sochlaringiz to‘q rangli bo‘lishini xohlasangiz bo‘yoqni boshda 30-40 daqiqadan kam ushlamang.

Kerakli vaqt o‘tganidan keyin boshingizni shampun bilan yuving va balzam bilan chayqang.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: