Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Uyda isitgich bo‘lmaganida qanday isinish mumkin?
Uyda isitgich bo‘lmaganida qanday isinish mumkin?

Uyda isitgich bo‘lmaganida qanday isinish mumkin?

Uyda isitgich bo‘lmaganida qanday isinish mumkin?
Bahor fasli allaqachon boshlangan bo‘lsa-da, sovuq ob-havo hali ham chekingani yo‘q. Ayniqsa bu isitish tizimi o‘chirilib, uyida isitgich asboblari bo‘lmaganlar uchun qiyinchilik tug‘diradi. Maqolamizda bunday holatlarda qanday qilib to‘g‘ri isinish yo‘llari keltirilgan.

— Hamma derazalarni yaxshilab bekiting. Derazalarga qishki rejim moslamasi o‘rnatilganligini va ular mahkam yopilganini tekshirib ko‘ring.

— Derazalar germetik bo‘lishi kerak. Siz deraza tirqishlarini (agar ular bor bo‘lsa) bekitish uchun maxsus zamazkalar olishingiz mumkin. Hech bo‘lmasa, shamol kirayotgan joylarga sochiq qo‘yib chiqing.

— Pardalar osing. Og‘ir pardalar havo oqimini o‘tkazmaydi. Quyosh chiqqanida ularni oching va boshqa paytlar yopib qo‘ying.

— Eshiklarni mahkamlang. Eshik tagini tekshirib ko‘ring. Siz bu soha uchun maxsus zichlagich olib yopishtirsangiz ham bo‘ladi. Yoki juda bo‘lmasa, boshqa biron narsa bilan bekitib qo‘ying.

—Uyga iloji boricha ko‘proq quyosh nurini tushiring. Quyosh nuri tushishiga xalal beruvchi hamma to‘siqlarni vaqtincha bo‘lsa ham olib tashlang.

— Foydalanilmayotgan xonalarni yopib qo‘ying. Bu tashqaridan kelayotgan sovuq havoni to‘sib qolishga yordam beradi. Shuningdek, issiqlikni yo‘qotishga sabab bo‘luvchi havo aylanishini kamaytiradi.

— Iloji boricha polga gilam to‘shab qo‘ying. Gilamlar issiqlikning pol orqali chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.

—Pishiring. Pechenyelar yoki pirog pishiring. Duxovka oshxonani va uy havosini isitishga yordam beradi.

— Sham yoqing. Shamlar ham anchagina iliqlik chiqarishi mumkin.

— Iliq ichimliklar iching. Iliq ichimliklar tanangiz haroratini ko‘taradi. Bu jarayon dam olishga va hatto rag‘batlantirishga ham juda katta yordam beradi.

— Eng asosiysi – issiq kiyim. Sintetik matolardan ko‘ra paxta, jun va kashemirdan qilingan kiyimlaringizni kiying.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: