Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Uyqu vaqtida organizmimiz nima bilan mashg'ul bo'ladi?
Uyqu vaqtida organizmimiz nima bilan mashg'ul bo'ladi?

Uyqu vaqtida organizmimiz nima bilan mashg'ul bo'ladi?

Uyqu vaqtida organizmimiz nima bilan mashg'ul bo'ladi?
Tabiatning mo``jizasini qarangki, zahmatkash organizmimiz uyqu vaqtida ham tinim bilmas ekan. Chunki tunda organizmimiz har bir a`zoni “tekshirib”, o`zini-o`zi tiklash bilan band bo`larkan. Masalan, miya kun davomida qabul qilgan axborotlarni qayta ishlab, saralaydi. Jigar va buyraklar o`z ishini sekinlashtirsa, oshqozon odatiy tartibda ishlayveradi. Ko`rish qobiliyati tunda ham o`z ishini davom ettiradi, lekin miya ko`rilgan manzarani qabul qilmaydi… Xullas, organizmimizning tungi ish tartibi quyidagicha…

Mutaxassis: terapevt — Sayyora Xolova

Tungi soat 22:00

Bu paytda organizm o`z qo`riqchisi — immun tizimi qay darajada ekanini tekshirib ko`radi. Aynan shu vaqtda uxlashga yotgan insonni organizm yoshlik gormoni — melatoninni ikki baravar ko`p ishlab chiqarish bilan “taqdirlaydi”.

Tungi soat 23:00

Bu paytda hujayralar o`z faoliyatini tiklaydi. Qon bosimi, modda almashinuvi pasaya boradi. Shuning uchun kech ovqatlanmang, zarari bor, deyishadi. Sababi hazm qilish traktining «oromi buziladi» va oshqozon bu “yuk”ni uddalashga qiynaladi.

Tungi soat 24:00

Tanamiz, miyamiz o`tgan kunni sarhisob qiladi: foydali xulosalarni saqlab, keraksizlarini ajratib qo`yadi.

Tungi soat 1:00

Bu paytda organizm og`riqqa nisbatan sezgir bo`ladi. Masalan, tish og`rig`i aksariyat hollarda aynan shu vaqtda “bosh ko`tarib” qolishi mumkin.

Tungi soat 2:00

Jigardan boshqa aksariyat a`zolar o`z faoliyatini sekinlashtiradi. Jigar esa g`ayrat bilan ishlab, zaharli moddalarni kuchsizlantirib, organizmdan chiqarib yuborishga yordam beradi.

Tungi soat 3:00

Butun organizm dam oladi. Mushaklar to`liq bo`shashadi. Puls va nafas olish tezligi sekinlashadi, tana harorati va qon bosimi tushadi. Soat 3 dan 4 gacha bo`lgan davrda organizmda sarf qilingan quvvatni tiklash ishlari bo`ladi.

Tungi soat 4:00

Hujayralarning katta qismi faollik bilan bo`linishi va yangilanishi ishlari yuz beradi. Hujayralar o`sish gormonlari ishlab chiqariladi, teri yangilanadi.

Tonggi soat 5:00

Buyrak usti bezlari «uyg`onadi» va faollik bilan ish boshlaydi: qonga kortizol — stress gormoni etkazib beradi. Organizm faollasha boshlaydi, qon bosimi, qondagi gormonlar darajasi ko`tariladi, himoya kuchlari faollashadi.

Tonggi soat 6:00

Qon bosimi va harorat ko`tariladi. Yurak urishi tezlashadi, qonda adrenalin darajasi oshadi. Bu dush qabul qilish uchun eng yaxshi vaqt.

Ertalabki soat 7:00

Bu paytda oshqozon-ichak trakti egulik qabul qilib olishga shay turadi. Immunitet ko`tariladi.

Madina Isroilova tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: