Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Xurrak otadiganlar esdan og`ib qolishi mumkin
Xurrak otadiganlar esdan og`ib qolishi mumkin

Xurrak otadiganlar esdan og`ib qolishi mumkin

Xurrak otadiganlar esdan og`ib qolishi mumkin
Avstraliyalik olimlar xurrak bilan aqli zaiflik o`rtasida bog`liqlik topdi, deb yozadi RIA Novosti.

Kvinslend universiteti professori Elizabet Koulson boshchiligidagi olimlar guruhi bu borada tadqiqot olib bordi.

Ma`lum bo`lishicha, apnoe kasalligi (uyqu vaqtida nafas olish muvozanati buzilishi va xurrak otish kabi alomatlari bor xastalik) organizmda kislorod etishmovchiligini keltirib chiqaradi. Oqibatda boshmiyadagi diqqatni jamlovchi va zehnga javob beruvchi hujayralarning nobud bo`lishiga olib keladi.

Apnoeni ilk bosqichdayoq davolash aqli zaiflikning ko`p tarqalgan shakli - Alsgeymer kasalligining oldini olish imkonini beradi, deb hisoblamoqda ular.

Olimlar fikricha, agar apnoe o`z vaqtida bartaraf etilmasa, o`n yil o`tib inson aqli zaif bo`lib qolishi aniq.

Chunki xurrak otish jarayonida o`pkada havo aylanishini 10 soniyaga to`xtab qoladi. Bu holat tez-tez takrorlanishi oqibatida esa bemorda lanjlik va doimiy charchoq hissi kuchayib boradi. Xotira ham zaiflashadi.

Endilikda Kvinslend universiteti olimlari tadqiqotni 55-75 yoshdagi kishilar o`rtasida ham o`tkazmoqchi. Maqsad - xurrak va aqli zaiflik o`rtasidagi bog`liqlikni yanada chuqurroq o`rganish.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: